Deputat aralaşuvi bilan muammoga amaliy yeçim topildi
Qaşqadaryo viloyati Yakkaboğ tumanidagi “Şar-şar boğot” mahallasi aholisidan toşni qayta işlaş korxonasi faoliyati bilan boğliq bir neça murojaatlar kelib tuşgan edi. Asosiy muammo oğir yuk maşinalarining içki köçalar orqali harakatlanişi oqibatida xavfli vaziyatlar, çang va şovqinning yuzaga kelayotgani bilan boğliq edi.
Murojaatlar yuzasidan Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati Nargiza Salomova tuman hokimi va mutasaddi taşkilotlar bilan birgalikda hududda örganiş ötkazib, aholi hamda tadbirkor bilan oçiq muloqot qildi.
Joyidagi muhokamalar natijasida muhim kelişuvga erişildi. Endi zavodga qatnovçi oğir yuk maşinalari aholi yaşaş hududlari orqali harakatlanmaydi. Ular uçun xonadonlardan çetda yangi yöl barpo etiladi. Yöl qurilişi uçun zarur ruxsatnomalar tuman hokimligi tomonidan rasmiylaştiriladi, barça quriliş xarajatlari esa tadbirkor mablağlari hisobidan qoplanadi.
Mazkur qaror aholi xavfsizligini ta’minlaş, çang va şovqinni bartaraf etiş hamda tadbirkorlik faoliyatini xavfsiz davom ettirişga xizmat qiladi.