Deputat kömagida 25 nafar xotin-qiz iş bilan ta’minlandi
O‘zLiDePning “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida Sirdaryo viloyati Oqoltin tumanidagi “Böston” mahallasida aholi bandligini ta’minlaş va xotin-qizlar uçun yangi iş örinlarini yaratiş borasida amaliy işlar olib borilmoqda.
Avvalroq Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati Gavhar Olimova hududni örganiş va saylovçilar bilan uçraşuvlar davomida mahallada iş örinlari yetişmasligi hamda işsiz fuqarolar köpligi bilan boğliq muammolarga e’tibor qaratgan edi. Mazkur masalalarni hal etiş maqsadida Oliy Majlis huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qöllab-quvvatlaş jamoat fondining moliyaviy kömagida 150 million sömlik grant loyihasi ajratildi.
Amalga oşirilgan sa’y-harakatlar natijasida xalq deputatlari viloyat Kengaşi deputati Mirza Sulaymonov taşabbusi bilan “Böston” mahallasida tikuvçilik syexi taşkil etildi. Eng muhimi, mazkur syexda 25 nafar xotin-qiz doimiy iş bilan ta’minlandi. Bu ularning daromad topişi, oilaviy farovonligini oşirişi va iqtisodiy faolligini kuçaytirişi uçun yangi imkoniyat yaratdi. Tadbirda senator, O‘zLiDeP Sirdaryo viloyat Kengaşi raisi Pokiza Ahmedjanova, partiya viloyat Kengaşi deputati Şohista Bozorboyeva, tegişli taşkilotlar mas’ullari hamda partiya faollari iştirok etdi.
Uçraşuv davomida mahallalarda aholi bandligini ta’minlaş, yangi iş örinlarini taşkil etiş va fuqarolarni qiynayotgan muammolarga joyida amaliy yeçim topiş muhimligi ta’kidlandi. “Böston” mahallasida tikuvçilik syexining iş boşlaşi “Xalq bilan birga” dasturi doirasida aholi murojaatlarini örganiş va ularni aniq amaliy natijalar orqali hal etişning muhim namunasidir. Bunday taşabbuslar, ayniqsa, xotin-qizlarning bandligini oşiriş, oilalar daromadini köpaytiriş va mahallada tadbirkorlikni rivojlantirişga xizmat qiladi.