Deputat yoshlar ma’naviyati uchun 500 ta kitob tuhfa qildi
O‘zLiDePning «Xalq bilan birga» umummilliy dasturi doirasida amalga oshirilayotgan «Bir kunda – 1000 kitob» aksiyasi joylarda izchil davom etmoqda.
Aksiya doirasida partiya deputatlari tomonidan ta’lim muassasalari kutubxonalarini badiiy va ilmiy adabiyotlar bilan boyitish, yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib qilishga qaratilgan ezgu tashabbuslar amalga oshirilmoqda.
Shu munosabat bilan Sharof Rashidov tumanida xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Gʻanisher Avalboyev tomonidan turli ta’lim muassasalari kutubxonasiga jahon va o‘zbek adabiyotining sara namunalaridan iborat 500 ta kitob taqdim etildi. Bu xayrli tashabbus kutubxona fondini yanada boyitish va talabalarning mutolaaga bo‘lgan qiziqishini oshirishga xizmat qiladi.