Gulistondagi sayyor qabulda 37 murojaat şu joyning özida yeçim topdi
O‘zLiDePning “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida Guliston şahrida navbatdagi sayyor qabul taşkil etilib, aholi murojaatlari bevosita joyida örganildi. Unda senator Pokiza Ahmedjanova, partiyaning viloyat va şahar Kengaşi deputatlari, partiya hamda mahalliy hokimlik mutasaddilari iştirok etdi. Qabul davomida fuqarolardan 62 ta murojaat kelib tuşib, ularning asosiy qismi tibbiyot, ta’lim, elektr energiyasi, içimlik suvi, gaz ta’minoti, çiqindilarni olib çiqiş va ijtimoiy yordam masalalariga taalluqli böldi.
E’tiborlisi, murojaatlarning 37 tasi şu joyning özida ijobiy hal etildi. Qolgan masalalar yuzasidan mas’ul taşkilotlar va mutasaddilarga aniq topşiriqlar berilib, ularning ijrosini ta’minlaş vazifasi belgilandi.
Ta’kidlaş kerak, O‘zLiDePning “Xalq bilan birga” dasturi doirasidagi bunday sayyor qabullar partiyaning aholi bilan oçiq va bevosita muloqotini kuçaytirişga xizmat qilmoqda. Fuqarolarni qiynayotgan masalalarning joyida örganilişi, hal etilişi mumkin bölgan murojaatlarni tezkor bartaraf etiş va qolgan muammolar ijrosini nazoratga oliş — aholi işonçini mustahkamlaşning muhim omilidir.