Har bir bola farovonligi — umumiy mas’uliyat
Samarqand şahrida kötarinki ruhda ötgan “Bolalar farovonligiga investisiya: kelajak avlodlarning barqaror va adolatli taraqqiyoti sari yöl” butunjahon sammiti nafaqat mamlakatimiz, balki xalqaro hamjamiyat hayotida ham muhim voqeadir.
Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev sammit iştirokçilariga yöllagan tabrigida bolalar farovonligini ta’minlaş, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş, har bir bola uçun munosib hayot şaroitlarini yaratiş davlat siyosatining ustuvor yönalişlaridan biri ekanini ta’kidladi. Bolalarning sifatli ta’lim olişi, soğlom ösişi, xavfsiz muhitda kamol topişi va öz salohiyatini töliq namoyon etişi uçun zarur şart-şaroitlarni yaratiş muhimligiga alohida e’tibor qaratildi.
Sammitning yana bir muhim ahamiyati şundaki, unda bolalar farovonligi faqat ijtimoiy siyosatning alohida yönalişi sifatida emas, balki jamiyatning barqaror taraqqiyoti, inson kapitalini rivojlantiriş va kelajak avlodlar oldidagi mas’uliyat bilan çambarças boğliq masala sifatida qaraldi. Bolaning soğlom ösişi, sifatli ta’lim olişi, xavfsiz muhitda yaşaşi va öz salohiyatini töliq röyobga çiqarişi uçun bugun yaratilgan imkoniyatlar ertangi jamiyatning intellektual, ma’naviy va iqtisodiy taraqqiyotini belgilaydi.
Tadbirning oçiliş marosimi va yalpi sessiyalarida bolalar farovonligiga keng kölamli investisiyalar kiritiş, bolalar manfaatlarini hisobga oluvçi yangi avlod ijtimoiy himoya tizimlarini şakllantiriş hamda bolalarni zöravonlik va boşqa xavf-xatarlardan himoya qilişning integratsiyalaşgan mexanizmlarini rivojlantiriş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Ayniqsa, ijtimoiy himoya tizimlarini bolalar ehtiyojlaridan kelib çiqqan holda takomillaştiriş, qiyin hayotiy vaziyatga tuşib qolgan oilalar va bolalarni öz vaqtida qöllab-quvvatlaş, ijtimoiy xizmatlarning manzilliligi va samaradorligini oşiriş masalalari dolzarb ahamiyat kasb etadi. Bu borada davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari va xalqaro taşkilotlar örtasidagi hamkorlikni mustahkamlaş muhimdir.
Sammitning yana bir muhim yönalişi — bolalar salomatligini muhofaza qilişdir. Unda bolalar uçun sifatli va barqaror soğliqni saqlaş tizimlariga investisiya kiritiş, tibbiy xizmatlardan foydalaniş imkoniyatlarini kengaytiriş va inson hayotining barça bosqiçlarida salomatlikni ta’minlaş masalalari muhokama etildi.
Şuningdek, Samarqandda II Xalqaro bolalar onkologiyasi kongressining ötkazilgani bolalar onkologik kasalliklarining oldini oliş, ularni erta aniqlaş va davolaş sohasidagi xalqaro tajriba almaşinuvi uçun muhim imkoniyat yaratdi.
Yakuniy yalpi sessiyada Bolalar farovonligiga investisiyalar töğrisidagi Samarqand deklaratsiyasini qabul qilingani anjumanning eng muhim siyosiy va amaliy natijalaridan biri böldi. Mazkur hujjat bolalar farovonligini ta’minlaşga qaratilgan xalqaro sa’y-harakatlarni umumiy maqsadlar atrofida birlaştiriş, davlatlar örtasidagi hamkorlikni mustahkamlaş va ustuvor vazifalarni belgilaşda muhim ahamiyat kasb etadi.
Har qanday xalqaro taşabbusning haqiqiy qiymati uning amaliyotda qanday natija berişi bilan ölçanadi. Şu bois deklaratsiyada ilgari suriladigan tamoyil va maqsadlarni milliy qonunçilik va amaliy çora-tadbirlar bilan uyğunlaştiriş, ularning ijrosini baholaş imkonini beradigan mexanizmlarni rivojlantiriş muhimdir.
Bu jarayonda parlament zimmasiga bolalar huquqlarini himoya qilişga oid qonunçilikni takomillaştiriş, bolalar farovonligi uçun ajratilayotgan mablağlar samaradorligi ustidan nazoratni kuçaytiriş hamda ta’lim, soğliqni saqlaş va ijtimoiy himoya sohalaridagi davlat dasturlari ijrosini ta’minlaşdek muhim vazifalar yuklanadi. Şuningdek, har bir bola uçun teng imkoniyatlar yaratiş va ularning manfaatlarini qarorlar qabul qiliş jarayonida ustuvor hisobga oliş deputatlik faoliyatining asosiy yönalişlaridan bölişi lozim.
Jahon sammiti va Samarqand deklaratsiyasining qabul qilingani bolalar farovonligini ta’minlaş borasidagi umumiy maqsadlarimizni amalga oşiriş, xalqaro hamkorlikni mustahkamlaş va amaliy yeçimlarni ilgari surişga xizmat qilişiga işonçim komil.
Sevara UBAYDULLAYeVA,
Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati