Asosiy kontentga o‘tish
Chorshanba 25-noyabr 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qiliş

Yangiliklar

Içki bozorda narxlar barqarorligini saqlaş yuzasidan jamoatçilik eşituvi ötkazildi

20.08.2026 702
Içki bozorda narxlar barqarorligini saqlaş yuzasidan jamoatçilik eşituvi ötkazildi

Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengaşidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi taşabbusi bilan aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlaş, içki bozorda narxlar barqarorligini saqlaş hamda kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik masalalari yuzasidan jamoatçilik eşituvi ötkazildi.

Unda viloyatning tegişli boşqarmalari va Bozorlar va savdo komplekslari uyuşmasi rahbarlarining hisobotlari eşitilib, sohadagi mavjud muammolar muhokama qilindi.

Eşituvda qayd etilganidek, 2026–2027 yillar qiş-bahor mavsumi uçun jami 20 955 tonna oziq-ovqat mahsulotlaridan iborat kafolatlangan zaxira şakllantiriş rejalaştirilgan. Uning tarkibida 12,4 ming tonna kartoşka, 1,7 ming tonna piyoz, 4,5 ming tonna sabzi va 2,3 ming tonna guruç mavjud bölib, zaxiralar “foodmonitoring.uz” platformasiga integratsiya qilingan 104 ta omborxonada joylaştirilişi belgilangan.

Eşituvda ayrim hududlardagi narxlar tebranişi, sovitkiçli omborxonalar qurilişidagi sustkaşliklar ham tanqidiy tahlil qilindi. Meva-sabzavotlarni qayta işlaş quvvatlarini kengaytiriş, zamonaviy agrologistika va sovutiş majmualarini köpaytiriş, investorlarga yer ajratişda şaffoflikni ta’minlaş böyiça takliflar bildirildi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?