"Işbilarmon ayol" tanlovi eng çekka hududlardan yangi tadbirkor ayollarni kaşf qilyapti
“Işbilarmon ayol – 2026” tanlovining Nukus şahar bosqiçi Özbekiston Liberal-demokratik partiyasi “Ayollar qanoti” taşabbusi bilan Nukus şahridagi Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlaş markazida taşkil etildi.
Tanlovda turli sohalarda samarali faoliyat yuritayotgan, iş örinlari yaratayotgan, aholi bandligini ta’minlaşga munosib hissa qöşayotgan, şuningdek, tadbirkorlikda öz tajribasi va taşabbuslari bilan boşqalarga namuna bölayotgan xotin-qizlar iştirok etdi.Iştirokçilarning faoliyatini baholaşda nafaqat tadbirkorlik kölami, balki yaratilgan iş örinlari, aholi farovonligiga qöşayotgan hissasi, ijtimoiy mas’uliyati, yoşlar va xotin-qizlarni qöllab-quvvatlaş borasidagi taşabbuslari ham inobatga olindi.
Tanlov yakuniga köra, birinçi öringa Oygul Tasbayeva munosib deb topildi. Köp tarmoqli tadbirkor Oygul Tasbayeva bugungi kunda öz faoliyatini izçil kengaytirib, qariyb 300 ta yangi iş örni yaratgan. Uning tadbirkorlik faoliyati nafaqat işlab çiqariş hajmini oşiriş, balki aholi, ayniqsa, xotin-qizlar bandligini ta’minlaşda ham muhim ahamiyat kasb etmoqda.Tadbirkor uçun mamlakatimizda, xususan, Qoraqalpoğistonda tadbirkorlikni rivojlantirişga yaratilgan imkoniyat va imtiyozlardan samarali foydalaniş uçun keng şaroitlar yaratilgan. Jumladan, u mol-mulk va yer soliğidan 2027 yilga qadar ozod etilgan. Şuningdek, korxonada elektr energiyasidan 30 foizlik imtiyoz asosida foydalanilmoqda.
Ikkinçi örinni Ra’no Yesbergenova egalladi. Uning tadbirkorlik faoliyati natijasida 16 ta yangi iş örni yaratilgan. E’tiborlisi, tadbirkor ijtimoiy himoyaga muhtoj oila a’zolarini iş bilan ta’minlaşga ham alohida e’tibor qaratib kelmoqda. Bu esa tadbirkorlikning nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy ahamiyatini ham yaqqol namoyon etadi. Bugun Ra’no Yesbergenova kabi işbilarmon ayollar öz faoliyati orqali oilalar daromadini oşiriş, xotin-qizlarni mehnatga jalb etiş va mahallada bandlikni ta’minlaşga munosib hissa qöşmoqda.Uçinçi örin sohibi esa Guljahon Zarimova böldi. Hunarmandlar uyuşmasi a’zosi bölgan Guljahon Zarimova milliy hunarmandçilik an’analarini asrab-avaylaş va uni yoş avlodga yetkaziş bilan birga, hunarni barqaror daromad manbaiga aylantiriş borasida ham samarali iş olib bormoqda. U har ikki oyda 5 nafar kam ta’minlangan oila a’zosini şogirdlikka qabul qilib, ularga hunar örgatmoqda.
Aslida, “Işbilarmon ayol – 2026” tanlovida qayd etilgan har bir natija ortida katta mehnat, taşabbus va izlaniş mujassam. Bir tadbirkor tomonidan yaratilgan har bir iş örni bir oilaning daromadi, bir ayolning iqtisodiy mustaqilligi, bir yoşning kelajakka işonçi demakdir.Şu ma’noda, tanlov oddiy bellaşuv emas, balki xotin-qizlarning tadbirkorlik sohasidagi imkoniyatlarini namoyon etiş, ularning ilğor tajribasini ommalaştiriş va yangi taşabbuslarga keng yöl oçişga xizmat qilayotgan muhim maydondir.
Özbekiston Liberal-demokratik partiyasi uçun tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş, xususiy mulk va taşabbusni rağbatlantiriş, xotin-qizlarning iqtisodiy faolligini oşiriş doimiy ustuvor vazifalardan biri bölib kelmoqda. “Işbilarmon ayol – 2026” tanlovi ham ana şu maqsadlarni hayotga tatbiq etiş, öz mehnati bilan yangi imkoniyatlar yaratayotgan ayollarni keng jamoatçilikka tanitiş va ularning tajribasini ommalaştirişga xizmat qilmoqda.