Kasbi tumanidagi maktab kutubxonasiga 250 ta badiiy asar sovğa qilindi
“Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida “Bir kunda — 100 kitob” aksiyasi Qaşqadaryo viloyati Kasbi tumanidagi 16-sonli “Jasorat” maktabida ham ötkazildi.
Uçraşuv davomida maktab kutubxonasi faoliyati bilan tanişilib, öquvçilar bilan kitobning inson hayotidagi örni, bilim oliş va mutolaa madaniyati haqida samimiy suhbat ötkazildi. Öquvçilar özlari yod olgan şe’rlarini ifodali öqib, tadbirda faol iştirok etdilar. Şuningdek, faol öquvçilarga badiiy va ertak kitoblari sovğa qilindi. Muloqot jarayonida kitob mutolaasi yoşlarning dunyoqaraşini kengaytiriş, ma’naviy kamolotini yuksaltiriş va mustaqil fikrlaş qobiliyatini rivojlantirişda muhim ahamiyatga ega ekani ta’kidlandi.
Tadbir yakunida maktab kutubxonasiga 250 dona sara badiiy asar sovğa qilindi. Uşbu kitoblar öquvçilarning böş vaqtini mazmunli taşkil etiş, ularning bilimlarini boyitiş va kitobxonlikka bölgan qiziqişini yanada oşirişga xizmat qiladi.