“Marjona tekstil” rahbari öz tajribasini xonqalik ayollar bilan bölişdi
O‘zLiDePning “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida Xorazm viloyati Xonqa tumanida xotin-qizlarni tadbirkorlikka keng jalb etiş, ularning biznes sohasidagi bilim va könikmalarini oşiriş hamda ilğor tadbirkor ayollar tajribasini ommalaştirişga qaratilgan “Bugunning tadbirkor ayoli” loyihasi doirasida tadbir ötkazildi.
Unda “Işbilarmon ayol – 2026” körik-tanlovining hududiy-Respublika bosqiçida uçinçi örinni qölga kiritgan “Marjona tekstil” MÇJ qöşma korxonasi rahbari Dilafröz Bekçanovaning tadbirkorlik faoliyati örganildi.
Ta’kidlaş kerak, 2 yil avval taşkil etilgan korxona bugungi kunda bolalar kiyim-keçaklari işlab çiqarişga ixtisoslaşgan bölib, zamonaviy işlab çiqariş quvvatlari asosida kuniga 2 ming dona mahsulot tayyorlamoqda. Korxona mahsulotlariga içki bozor bilan bir qatorda xorijda ham talab yuqori bölib, ayni paytda Turkiya, Rossiya va MDH bozorlariga eksport amalga oşirilmoqda. Joriy yilning özida Rossiyaga 1 milliard sömlik bolalar kiyim-keçaklari eksport qilingan. Korxonada 50 nafardan ortiq xotin-qiz doimiy iş bilan ta’minlangan bölib, ularning 20 foizini nogironligi bölgan ayollar taşkil etadi.
Tadbir davomida “Marjona tekstil” korxonasi rahbari işlab çiqarişni yölga qöyiş, yangi bozorlarni özlaştiriş, eksport salohiyatini oşiriş va xotin-qizlar bandligini ta’minlaş borasidagi tajribalari bilan bölişdi. Partiyaning mazkur loyihasi xotin-qizlarni biznesga keng jalb etiş hamda öz sohasida yuqori natijalarga erişayotgan ilğor tadbirkor ayollar tajribasini ommalaştirişga xizmat qilayotgani qayd etildi.