Maşhura Ahmedova “Işbilarmon ayol – 2026” körik-tanlovining viloyat bosqiçida qatnaşadi
Ğijduvon tumanida “Işbilarmon ayol–2026” körik-tanlovining tuman bosqiçi bölib ötdi. Tanlovda mahallalar bosqiçida ğolib bölgan 8 nafar faol va taşabbuskor xotin-qiz öz bilim, tajriba va tadbirkorlik salohiyatini namoyon etişdi.
Yakuniy baholaş natijalariga köra, dizayner Maşhura Ahmedova 1-örinni qölga kiritib, tanlovning viloyat bosqiçiga yöllanmani qölga kiritdi. Şuningdek, Maftuna Usmonova va Dilayra Qudratova ham munosib iştirok etib, sovrindorlar safidan örin oldi.
Tadbir yakunida ğolib va sovrindorlar diplom, taşakkurnoma hamda esdalik sovğalari bilan taqdirlandi. Şuningdek, “O‘zLiDeP tarğibotçisi” loyihasi doirasida bir guruh faol iştirokçilar partiya safiga qabul qilindi. Bu esa jamiyat hayotida faol, taşabbuskor va işbilarmon xotin-qizlar safini yanada kengaytiriş yölidagi muhim qadam böldi.