Mehnat migrantlariga öz biznesini boşlaşi uçun amaliy kömak körsatiladi
Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengaşida O‘zLiDeP deputatlik guruhi iştirokida mehnat migratsiyasi masalalariga bağişlangan jamoatçilik eşituvi ötkazildi. Unda xorijda işlayotgan yurtdoşlarni qöllab-quvvatlaş, ularni kasb va tilga öqitiş, mehnat huquqlarini himoya qiliş masalalari muhokama qilindi.
Bugun Xorazm viloyatidan 30 dan ortiq davlatda 156 ming nafar fuqaro yaşamoqda, şundan 130 ming nafari işlaş maqsadida xorijga çiqqan. Viloyatda 42 ta texnikum va 15 ta xususiy öquv markazida fuqarolar 30 ga yaqin talab yuqori kasblarga hamda xorijiy tillarga öqitilmoqda. Şuningdek, 4 ta “kasb + til” qöşma ta’lim loyihasida 1,2 ming nafar fuqaro tahsil olmoqda.
Jamoatçilik eşituvida deputatlar xorijga işlaş uçun ketayotgan fuqarolarni noqonuniy vositaçilardan himoya qiliş, işonçli vakansiyalar yagona bazasini yaratiş, iş beruvçilar bilan töğridan-töğri şartnomalarni köpaytiriş va xorijda huquqi buzilgan yurtdoşlarga tezkor huquqiy yordam körsatiş böyiça takliflarni ilgari surdilar. Migratsiya sohasida deputatlik monitoringini kuçaytiriş zarurligi ham ta’kidlandi.
Şuningdek, xorijdan qaytgan mehnat migrantlarini “migrantdan — tadbirkorga” tamoyili asosida qöllab-quvvatlaş, ularning tajribasi va mablağlarini tadbirkorlikka yönaltirişi uçun şaroit yaratiş taklif etildi. Asosiy maqsad — fuqaroni şunçaki xorijga yuboriş emas, balki uni kasbli, til biladigan, huquqlarini biladigan va munosib mehnat şaroitida işlaydigan mutaxassis sifatida tayyorlaş.