Mintaqa iqtisodiy taraqqiyoti rivoji uçun muhim taşabbuslar
Prezidentimiz Turkmanistonda bölib ötgan Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining sakkizinçi Maslahat uçraşuvida mintaqaviy hamkorlikni yangi bosqiçga olib çiqişga qaratilgan muhim taşabbuslarni ilgari surdi. Davlatimiz rahbari Markaziy Osiyoda döstlik, yaxşi qöşniçilik va özaro işonçga asoslangan hamkorlik tobora mustahkamlanib borayotganini ta’kidladi.
Iqtisodiy hamkorlikni çuqurlaştirişga alohida e’tibor qaratildi. Özaro savdo va investisiyalarni köpaytiriş, qöşma sanoat va texnologik zanjirlarni şakllantiriş, umumiy raqamli xizmatlar va investisiya mexanizmlarini yölga qöyiş taklif etildi. “Olti iqtisodiyot – bitta mahsulot” formulasi orqali mamlakatlarning imkoniyatlarini birlaştirib, tayyor mahsulotni birgalikda yaratiş maqsadi ilgari surildi.
Transport-logistika sohasida ham yangi yondaşuv zarurligi qayd etildi. Yangi transport yölaklari atrofida işlab çiqariş korxonalari, logistika markazlari va xizmat körsatiş ob’yektlarini taşkil etiş orqali butun mintaqa uçun yangi iqtisodiy faollik nuqtalarini yaratiş taklif qilindi. Şuningdek, energetika, “yaşil” taraqqiyot, suv resurslaridan oqilona foydalaniş va ekologik barqarorlik böyiça qöşma loyihalarni amalga oşiriş muhim vazifalar sifatida belgilandi.
Zamonaviy texnologiyalar va inson kapitali ham mintaqaning kelajagi uçun ustuvor yönaliş sifatida körsatildi. Sun’iy intellekt va katta ma’lumotlar asosida umumiy hisoblaş infratuzilmasini yaratiş, şuningdek, kelgusida talab yuqori böladigan kasb va kompetensiyalarni aniqlaydigan mintaqaviy atlas işlab çiqiş taklif etildi. Bu esa ta’lim va professional tayyorgarlikni iqtisodiyotning real ehtiyojlari bilan uyğunlaştirişga xizmat qiladi.
Umuman olganda, sammitda ilgari surilgan taşabbuslar Markaziy Osiyoni tinç, xavfsiz, iqtisodiy jihatdan kuçli va özaro boğlangan mintaqaga aylantirişga qaratilgan. Eng muhimi, hamkorlik endi faqat savdo munosabatlari bilan çeklanmay, birgalikda işlab çiqariş, texnologiya, transport, energetika, ekologiya va kadrlar tayyorlaş kabi strategik sohalarni qamrab olmoqda. Bu yondaşuv xalqlar farovonligi va kelgusi avlodlar uçun munosib şaroit yaratişga xizmat qiladi.