Mutasaddilar kuz-qiş mavsumiga körilgan tayyorgarlik işlari böyiça deputatlarga ma’lumot berdi
“Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengaşidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi jamoatçilik eşituvi ötkazildi. Unda viloyatda kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik köriş, aholiga gaz va elektr energiyasini barqaror yetkazib beriş, şuningdek, sohalarda amalga oşirilayotgan işlar muhokama qilindi.
Ta’kidlanganidek, mavsumga tayyorgarlik doirasida gaz tarmoqlari va gaz taqsimlaş punktlarida ta’mirlaş işlari amalga oşirilib, zarur texnika, gaz ballonlari hamda avariyaviy materiallar zaxirasi şakllantirildi. Jumladan, 6 338 ta temir-beton ustun örnatilib, 230,3 kilometr elektr tarmoği tortildi. Kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik doirasida 996,2 kilometr tarmoq va 367 ta transformator punkti mukammal, 1 775 kilometr tarmoq hamda 782 ta transformator punkti esa joriy ta’mirdan çiqarildi.
Yiğilişda aholi murojaatlari bilan işlaş samaradorligiga ham alohida e’tibor qaratildi. Joriy yilning 9 oyida elektr ta’minoti böyiça kelib tuşgan 1 118 ta murojaatning 97,8 foizi ijobiy hal etilgani, körilgan çoralar natijasida murojaatlar soni ötgan yilning mos davriga nisbatan 22 foizga kamaygani qayd etildi.
Muhokama yakunida deputatlar mas’ul taşkilotlarga kuz-qiş mavsumida aholiga barqaror va sifatli xizmat körsatiş, elektr va gaz ta’minotidagi mavjud muammolarni tezkor bartaraf etiş, murojaatlar bilan işlaş samaradorligini yanada oşiriş yuzasidan tegişli tavsiyalar berdilar.