Namanganlik tadbirkor 100 nafarga yaqin ehtiyojmand oila farzandlariga öquv qurollari va kiyim-keçak olib berdi
Yangi öquv yili arafasida Yangi Namangan tumanida “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi, “Tadbirkorlardan bolajonlarga” xayriya aksiyasi doirasida ehtiyojmand oilalar farzandlariga kömak körsatildi.
Yangi Namangan tumani Kengaşi deputati, “Dentafill Mega Farm” rahbari Ahadxon Otaqöziyev taşabbusi bilan kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj va boquvçisini yöqotgan oilalarning 100 nafarga yaqin farzandlariga maktab formalari, kiyim-keçaklar, öquv qurollari va zarur anjomlar taqdim etildi. Şuningdek, ehtiyojmand oilalar xonadonlariga oziq-ovqat mahsulotlari töplamlari yetkazib berildi.
Bu taşabbusning ahamiyati faqat berilgan yordamning özidagina emas, balki uning manzilli ekanida namoyon bölmoqda. Yangi maktab formasi va öquv qurollari bolalarning yangi öquv yilini kötarinki kayfiyat bilan boşlaşiga xizmat qilsa, oilalarga yetkazilgan oziq-ovqat mahsulotlari ularning kundalik ehtiyojlarini yengillaştirişga kömak beradi. Eng muhimi, bunday e’tibor orqali bolalar va ularning oilalari jamiyatdan çetda emasligini, ularning dardi va ehtiyojlari e’tiborda ekanini his qiladi.
Mehr va saxovatning qadri ham ana şunda — kiçik köringan yordam kimningdir qalbiga işonç, farzandining köziga quvonç olib kirişi mumkin. Tadbirkorlikning ijtimoiy mas’uliyat bilan uyğunlaşişi esa jamiyatda özaro kömak va hamjihatlik muhitini mustahkamlaydi. “Xalq bilan birga” tamoyili asosida amalga oşirilayotgan bunday manzilli taşabbuslar har bir bolaning ta’lim olişi va munosib kelajak sari qadam qöyişi uçun qöşimça imkoniyat yaratib, bugungi mehr ertangi kunga qöyilgan sarmoya ekanini namoyon etmoqda.