Oltinköldagi sayyor qabulda 185 nafar fuqaro turli masalada murojaat qildi
O‘zLiDePning “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida Oltingköl tumanida navbatdagi sayyor qabul ötkazildi.
Qabulda tumandagi 58 ta mahalladdan 185 nafardan ziyod aholi iştirok etib, ijtimoiy yordam, tibbiyot, bandlik, yoşlarni qöllab-quvvatlaş va boşqa masalalar böyiça murojaat qildi.
Murojaatlarning aksariyati böyiça şu joyning özida yeçimlar topilib, qöşimça örganiş talab etilgan masalalar mas’ullarga yönaltirildi.
Sayyor qabul doirasida ehtiyojmand fuqarolar va yoşlarga ham amaliy kömak körsatildi. Jumladan, bir fuqaroga televizor, yana bir fuqaroga sanatoriy yöllanmasi, 5 nafar yoşga “Ibrat” kartasi, 5 nafar fuqaroga esa davolaniş uçun bepul yöllanma-orderlar topşirildi.
Xalq bilan birga — muammoni eşitiş, uning yeçimini topiş va amaliy yordam körsatiş demakdir.