Ona tilimiz — milliy ğururimiz!
O‘zLiDePning “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida “Halima Xudoyberdiyeva” nomidagi ijod maktabida 21 oktyabr — Özbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan bayram tadbiri taşkil etildi.
Tadbirda senator, O‘zLiDeP Sirdaryo viloyat Kengaşi raisi Pokiza Ahmedjanova, partiya faollari, ijod maktabi öqituvçilari va öquvçilar iştirok etdi.
Bayram davomida ona tilimizning millat hayotidagi örni, uni asrab-avaylaş va kelajak avlodga yetkazişning ahamiyati haqida söz yuritildi. Öquvçilarning şe’rlari, badiiy çiqişlari va kuy-qöşiqlar tadbirga kötarinki ruh bağişladi.
Zero, ona tilimiz — milliy özligimiz va ma’naviy boyligimiz. Uni qadrlaş va rivojlantiriş har birimizning burçimizdir.