Asosiy kontentga o‘tish
Chorshanba 25-noyabr 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qiliş

Yangiliklar

“Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida Oqqörğonda yangi maktab qurildi

26.08.2026 779
“Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida Oqqörğonda yangi maktab qurildi

Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan Oqqörğon tumanida yangi, zamonaviy maktab binosi foydalanişga topşirildi.
Yangi binoning tantanali oçiliş marosimda O‘zLiDeP Siyosiy Kengaşi Ijroiya qömitasi vakillari, Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi partiya deputatlari, partiya faollari, mahalla aholisi, maktab öqituvçilari iştirok etişdi.
Tadbirda qayd etilganidek, Oqqörğon tumanidagi “Xalqobod” mahallasida joylaşgan 24-sonli umumiy örta ta’lim maktabi uçun zamonaviy öquv binosining barpo etilgani aholi uçun ayni muddao böldi. Uşbu xayrli iş O‘zLiDePning “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida amalga oşirilgan navbatdagi amaliy taşabbuslardan biridir.
Maktab uçun yangi bino quriş masalasi Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi O‘zLiDeP deputati Viktor Pakning aholi bilan oçiq muloqoti davomida kötarilgan edi. Öşanda mahalla aholisi maktabni rekonstruksiya qiliş va farzandlari uçun munosib ta’lim şaroitlarini yaratişda xalq vakilidan amaliy kömak söragan edi.
Oradan köp ötmay umumiy qiymati 4 milliard sömni taşkil etgan quriliş işlari boşlandi. Yangi bino Janubiy Koreyaning “Good Neighbours International” xalqaro yordam fondi kömagida bunyod etildi.
Tadbirda mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida foydalanişga topşirilgan yangi maktab binosi — farzandlarimiz kelajagiga xizmat qilişiga işonç bildirildi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?