O‘zLiDeP «Yaşil makon» umummilliy loyihasi ijrosida faol iştirok etadi
O‘zLiDeP Siyosiy Kengaşi Ijroiya qömitasi Prezidentimizning «Yaşil makon» umummilliy loyihasini amalga oşirişda mahallalar rolini kuçaytirişga qaratilgan yangi farmoni ijrosi yuzasidan vazifalar belgilab oldi. Unda hududlarni kökalamzorlaştiriş, mahallalarda yaşil hududlarni kengaytiriş va belgilangan vazifalarni samarali taşkil etiş masalalari muhokama qilindi.
Farmonga muvofiq, 1 oktyabrdan respublikada «Tozalik va ozodalik» dolzarb ikki oyligi ötkaziladi. 2027 yil 1 yanvardan «Yaşil mahalla» loyihasi doirasida «Mahallani yaşillaştiriş» paketi, şuningdek, «Yaşil lot» tizimi joriy etiladi. Hududlarni kökalamzorlaştirişda «3-30-300» tamoyilini qöllaş ham közda tutilgan. Unga köra, har bir inson yaşaş, işlaş yoki öqiş joyidan kamida uçta daraxtni körişi, hududning kamida 30 foizi daraxtlar soyasi bilan qoplanişi va uydan 300 metr masofada yaşil dam oliş hududi bölişi nazarda tutiladi.
Yiğilişda farmon ijrosini joylarda ta’minlaş maqsadida partiya vakillari, deputatlar va faol a’zolardan iborat işçi guruhlar şakllantirildi. Şuningdek, amalga oşiriladigan işlarni bosqiçma-bosqiç taşkil etiş, hududlardagi jarayonlarni örganiş va tahlil qiliş, aniqlangan muammolar yuzasidan tegişli takliflar işlab çiqişga qaratilgan çora-tadbirlar rejasi belgilab olindi.
Partiya vakillari va deputatlar joylarda uşbu jarayonlarda faol iştirok etib, mahallalarda tarğibot va tuşuntiriş işlarini taşkil etiş, hamkor taşkilotlar bilan birgalikda kökalamzorlaştiriş tadbirlarini qöllab-quvvatlaş, amalga oşirilayotgan işlarni örganiş va jamoatçilik nazoratini kuçaytirişga alohida e’tibor qaratiladi. Maqsad — «Yaşil makon» taşabbusini har bir mahallada amaliy natijaga aylantiriş.