Asosiy kontentga o‘tish
Chorshanba 08-iyul 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Yangiliklar

O‘zLiDeP faoli urganchlik yoshlarning bandligini ta’minlashda ko‘maklashadi

10.06.2026 259
O‘zLiDeP faoli urganchlik yoshlarning bandligini ta’minlashda ko‘maklashadi

O‘zLiDeP Urganch tuman Kengashi tashabbusi bilan "Xalq bilan birga" umummilliy dasturi doirasida “Yangi O‘zbekiston – raqobatbardosh mahsulotlar yurti” mavzusida muloqot tashkil etildi.

Tadbir ishtirokchilari “Asl parranda” MCHJ faoliyati bilan yaqindan tanishib, korxonada amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot oldilar.

Ta’kidlanganidek, korxona 2003 yilda 8 nafar ishchi bilan faoliyat boshlagan bo‘lsa, bugungi kunda 50 nafardan ortiq yoshlarni doimiy ish bilan ta’minlab kelmoqda. Ishtirokchilar parrandachilik, baliqchilik, limon yetishtirish va ishlab chiqarish yo‘nalishlaridagi ishlar bilan tanishib, tadbirkorlikni rivojlantirish va yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha fikr almashdilar.

Tadbir davomida yoshlar uchun amaliy seminarlar tashkil etish, zamonaviy texnologiyalarni keng joriy qilish va yangi investisiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha takliflar bildirildi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?