O‘zLiDeP kubogida 91 yoşli otaxon ham iştirok etdi
O‘zLiDeP taşkil etilganining 23 yilligi munosabati bilan partiyaning “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida Xorazm viloyatidagi boşlanğiç partiya taşkilotlari faollari örtasida şaxmat böyiça O‘zLiDeP kubogi musobaqasi ötkazildi.
Urganç şahridagi “Yoşlik” sport majmuasida bölib ötgan viloyat bosqiçida tuman va şaharlardagi saralaş musobaqalari ğoliblari iştirok etib, öz mahoratlarini namoyiş etişdi. Bellaşuvlar partiya faollari örtasida döstlik va hamkorlikni mustahkamlaş, intellektual sport turlarini ommalaştiriş hamda soğlom turmuş tarzini tarğib etişga qaratildi.
Musobaqa viloyatdagi 1 292 ta boşlanğiç partiya taşkiloti va 185 mingdan ziyod a’zoni qamrab olgan partiyaviy-ommaviy işlar doirasida muhim ahamiyat kasb etdi. Bellaşuvlarning eng e’tiborli jihatlaridan biri 91 yoşli Haitboy Salayevning iştirok etgani böldi. Bu şaxmatning yoş tanlamasligini, inson tafakkuri, xotirasi va intellektual salohiyatini rivojlantirişdagi ahamiyatini yana bir bor namoyon etdi.
Musobaqa yakuniga köra, ayollar örtasida Oyşa Rajapova, erkaklar örtasida esa Qahramon Matyusupov ğoliblikni qölga kiritişdi. Musobaqa ğolib va sovrindorlariga O‘zLiDePning esdalik sovğalari topşirildi.