O‘zLiDeP Siyosiy Kengaşi Ijroiya qömitasining navbatdagi majlisi bölib ötdi
O‘zLiDeP Siyosiy Kengaşi Ijroiya qömitasining navbatdagi majlisi bölib ötdi. Unda partiya taşkil etilganining 23 yilligi munosabati bilan ötgan davrda amalga oşirilgan işlar sarhisob qilinib, kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.
Ta’kidlanganidek, 2003 yil 15 noyabrda taşkil etilgan partiya bugun mamlakatimizdagi yetakçi siyosiy kuçlardan biriga aylandi. Ayni paytda partiya safida 2 million 400 mingdan ziyod a’zo birlaşgan bölib, ular 17 mingdan ortiq boşlanğiç partiya taşkiloti orqali faoliyat yuritmoqda. Bu esa partiyaning jamiyatdagi örni va elektorat bilan işlaş imkoniyatlari ortib borayotganidan dalolat beradi.
Majlisda partiyaning qonun ijodkorligi, parlament va mahalliy Kengaşlardagi deputatlik faoliyati, tadbirkorlar manfaatlarini himoya qiliş, xotin-qizlar va yoşlarni qöllab-quvvatlaş yönalişlarida amalga oşirilgan işlar tahlil qilindi. Şuningdek, aholi murojaatlari bilan işlaş, joylardagi muammolarni hal etiş va partiya taşabbuslarini hayotga tatbiq qiliş borasidagi natijalarga e’tibor qaratildi.
Alohida ta’kidlanganidek, «Xalq bilan birga» umummilliy dasturi doirasida aholi va tadbirkorlar bilan bevosita muloqot qiliş, xonadonbay örganişlar ötkaziş, ehtiyojmand oilalarni qöllab-quvvatlaş, bandlikni ta’minlaş va fuqarolarni kasb-hunarga öqitiş borasida qator amaliy işlar olib borilmoqda.
Yiğiliş yakunida erişilgan natijalar bilan birga mavjud kamçiliklar ham muhokama qilinib, partiya faoliyati samaradorligini yanada oşiriş, elektorat manfaatlarini himoya qiliş va aholi işonçini mustahkamlaşga qaratilgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.