Partiyalararo hamkorlik yangi bosqiçga çiqmoqda
2026-yil 7-sentabr kuni Özbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengaşi Ijroiya qömitasida Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy Qömitasi Xalqaro bölimi mudiri Lyu Xaysin boşçiligidagi delegatsiya bilan uçraşuv bölib ötdi.
Muloqotda Özbekiston va Xitoy örtasidagi har tomonlama strategik şeriklik munosabatlarining bugungi holati va istiqbollari, şuningdek, O‘zLiDeP va Xitoy Kommunistik partiyasi örtasidagi partiyalararo hamkorlikni yanada kengaytiriş masalalari muhokama qilindi.
Ta’kidlanganidek, keyingi yillarda Özbekiston — Xitoy munosabatlari sifat jihatidan yangi bosqiçga kötarildi. Davlat rahbarlari Şavkat Mirziyoyev va Si Szinpinning yuksak darajadagi siyosiy muloqoti ikki mamlakat örtasidagi işonç va özaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlaş uçun mustahkam asos bölmoqda.
Bu jarayon iqtisodiy körsatkiçlarda ham yaqqol namoyon bölmoqda. Ötgan yili mamlakatlar örtasidagi tovar ayirboşlaş hajmi qariyb 18 milliard dollarga yetdi. Yaqin yillarda mazkur körsatkiçni 30 milliard dollarga yetkaziş maqsadi belgilangan. Özbekistonda Xitoy iştirokida amalga oşirilayotgan qöşma investitsiya loyihalari portfeli esa qariyb 60 milliard dollarni taşkil etmoqda.
Transport-tranzit sohasidagi yirik loyihalar, xususan, «Xitoy — Qirğiziston — Özbekiston» temir yölining barpo etilişi ikki mamlakat örtasidagi iqtisodiy aloqalarni yanada jadallaştiriş, Markaziy Osiyoning transport boğliqligini mustahkamlaş va yangi iqtisodiy imkoniyatlar yaratişda muhim omil bölişi qayd etildi.
Uçraşuvda strategik davlatlararo munosabatlarning muhim tarkibiy qismi sifatida partiyalararo hamkorlikning ahamiyatiga alohida urğu berildi. O‘zLiDeP va Xitoy Kommunistik partiyasi örtasida ötgan yili imzolangan hamkorlik Memorandumi partiyalararo munosabatlarni tizimli va uzoq muddatli asosda rivojlantiriş uçun muhim huquqiy va siyosiy poydevor yaratgani ta’kidlandi.
Memorandum doirasida partiya qurilişi, aholi bilan işlaş, hududiy taşkilotlar örtasida töğridan-töğri aloqalarni yölga qöyiş, yoşlar va xotin-qizlar bilan işlaş, tahliliy markazlar hamkorligi kabi yönalişlarda tajriba almaşiş uçun keng imkoniyatlar mavjud.
Şuningdek, zamonaviy siyosiy partiyalar faoliyatida raqamli transformatsiya, sun’iy intellekt va raqamli platformalardan foydalaniş, fuqarolar bilan muloqotning yangi mexanizmlarini joriy etiş borasida özaro tajriba almaşiş muhim yönalişlardan biri sifatida qayd etildi. Partiyaviy ommaviy axborot vositalari örtasida hamkorlikni kuçaytiriş, qöşma media va axborot loyihalarini amalga oşiriş böyiça ham fikr almaşildi.
Muloqot davomida kuni keça Samarqand şahrida bölib ötgan «Xitoy — Markaziy Osiyo» siyosiy partiyalari muloqoti formatiga ham alohida e’tibor qaratildi. Mazkur anjuman partiya qurilişi, kadrlar tayyorlaş, raqamli transformatsiya, yoşlar va xotin-qizlar bilan işlaş, hududlar hamda jamoat taşkilotlari örtasidagi aloqalarni rivojlantiriş böyiça amaliy tajriba almaşiş maydoni bölişligi ta’kidlandi.
Uçraşuv konstruktiv ruhda ötib, tomonlar mavjud kelişuvlarni aniq amaliy loyihalar bilan boyitiş, partiyalararo muloqotni muntazam davom ettiriş va özaro tajriba almaşişni yanada kengaytirişga tayyor ekanliklarini bildirdi.