Asosiy kontentga o‘tish
Chorshanba 25-noyabr 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qiliş

Yangiliklar

Qaşqadaryo taraqqiyotining yangi bosqiçi: investisiya, sanoat va aholi farovonligi sari

23.10.2026 1063
Qaşqadaryo taraqqiyotining yangi bosqiçi: investisiya, sanoat va aholi farovonligi sari

Sönggi yillarda Qaşqadaryo viloyatida iqtisodiyotni rivojlantiriş, yangi iş örinlari yaratiş va aholi daromadlarini oşiriş borasida salmoqli işlar amalga oşirilmoqda. Keyingi beş yilda hududga 20 trillion söm mablağ yönaltirilib, 7 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb qilinişi natijasida aholi jon boşiga töğri keladigan daromad uç barobarga oşdi.

Prezidentimizning Qaşqadaryo viloyatiga taşrifi davomida işga tuşirilgan korxonalar faoliyati, istiqbolli investitsiya loyihalari hamda hududni rivojlantiriş rejalariga alohida e’tibor qaratildi. Umumiy qiymati 6 milliard dollardan ziyod bölgan 161 ta loyiha şakllantirilgan bölib, ularning 69 tasi allaqaçon işga tuşirilgan. Mazkur loyihalar viloyatning sanoat salohiyatini yuksaltiriş, mahalliy işlab çiqarişni kengaytiriş va eksport hajmini oşirişga xizmat qiladi.

Jumladan, “Sulton Tex Group” korxonasida 54 million dollarlik investitsiya evaziga mato böyaş va işlab çiqariş quvvatlari işga tuşirilgan. Korxonada yiliga 20 ming tonna mahsulot işlab çiqariş va 840 ta yangi iş örni yaratiş rejalaştirilgan. Suvning 95 foizdan ortiğini qayta işlatiş tizimi va quyoş panellarining joriy etilgani esa işlab çiqariş samaradorligini oşiriş barobarida, tabiiy resurslardan oqilona foydalaniş va ekologik barqarorlikni ta’minlaşga xizmat qilmoqda.

Qarşidagi “FM World” korxonasida esa 20 million dollar xorijiy investitsiya asosida “Nasaf” rusumli traktorlar va qişloq xöjaligi texnikalari işlab çiqarilmoqda. Mahalliylaştiriş darajasini oşiriş va eksportni yiliga 50 million dollarga yetkaziş rejalaştirilgan. Bu kabi loyihalar import örnini bosuvçi mahsulotlar işlab çiqariş, mahalliy korxonalar kooperatsiyasini rivojlantiriş va malakali kadrlarga talabni oşirişda muhim ahamiyatga ega.

Qişloq xöjaligida ham zamonaviy yondaşuvlar keng joriy etilmoqda. “Qaşqadaryo Jingu” paxtaçilik klasterida tomçilatib suğoriş texnologiyasi orqali suv sarfini 30–40 foizga kamaytirişga erişilmoqda. Ğuzor tumanida taşkil etilgan köçatçilik markazi esa hududni kökalamzorlaştiriş, suvni tejaş va yangi daromad manbalarini yaratişga xizmat qiladi. Şuningdek, çorvaçilikni rivojlantiriş, yaylovlardan samarali foydalaniş va suv infratuzilmasini yaxşilaş böyiça yangi vazifalar belgilandi.

Iqtisodiy ösişning eng muhim natijasi aholi turmuşida aks etişi kerak. Qamaşi tumanidagi Çim mahallasi misolida tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş, yöl va ijtimoiy infratuzilmani yaxşilaş, oilaviy korxonalar orqali bandlikni ta’minlaşning amaliy natijalari körinmoqda. Hududda yangi biznes subyektlari oçilib, xizmat körsatiş tarmoği kengaygan, işsiz fuqarolarning bir qismi kiçik işlab çiqariş va xonadon tadbirkorligiga jalb etilgan.

Viloyatda kasb-hunar ta’limiga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Zamonaviy texnikumda dual ta’lim asosida yoşlarni mehnat bozori talablariga mos kasblarga örgatiş, yirik korxonalar bilan hamkorlikni kuçaytiriş rejalaştirilgan. Bu esa yangi işlab çiqariş quvvatlarini malakali mutaxassislar bilan ta’minlaş imkonini beradi.

Qaşqadaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirişga bağişlangan yiğilişda belgilangan vazifalar uşbu iqtisodiy salohiyatni yanada kengaytiriş va uni aholi farovonligiga yönaltirişga qaratildi. Xususan, kelgusi uç yilda 20 milliard dollarlik loyihalarni amalga oşiriş va 50 mingta iş örni yaratiş maqsad qilindi. Buning uçun Ğuzor, Şörtan, Muborak, Dehqonobod va Nişon tumanlarida sanoat klasterlarini rivojlantiriş, erkin iqtisodiy zona imkoniyatlarini kengaytiriş, kimyo sanoati va polimer mahsulotlari işlab çiqarişga yangi investitsiyalarni jalb etiş rejalaştirilgan. Ayniqsa, mavjud sanoat korxonalari atrofida kiçik işlab çiqarişlarni taşkil etiş mahalliy kooperatsiyani kuçaytirib, yangi tadbirkorlar uçun ham imkoniyatlar yaratadi.

Energetika va infratuzilma yönalişlaridagi taşabbuslar ham viloyatning uzoq muddatli rivojlanişi uçun juda muhimdir. Jumladan, 300 megavattli quyoş elektr stansiyasi va 75 megavatt-soat quvvatli energiya saqlaş tizimini barpo etiş, çiqindilardan elektr energiyasi işlab çiqariş loyihasini amalga oşiriş közda tutilgan. Şuningdek, elektr tarmoqlarini modernizatsiya qiliş, suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini yaxşilaş, yöl infratuzilmasini rivojlantiriş böyiça yirik loyihalar belgilandi. Bu işlar aholiga körsatiladigan xizmatlar sifatini oşiriş bilan birga, işlab çiqariş korxonalarining barqaror faoliyati uçun zarur şaroit yaratadi.

Qişloq xöjaligida suv va yer resurslaridan samarali foydalaniş, çorvaçilikni rivojlantiriş hamda fermerlar daromadini oşiriş ham ustuvor vazifalardan sanaladi. Bu borada 100 ming gektar yaylovda ozuqabop ekinlar yetiştirilişi, qöşimça yer maydonlarini aniqlab, suğoriş tarmoqlarini ta’mirlaş va suv tejovçi texnologiyalarni keng joriy etiş çorvaçilik uçun ozuqa bazasini mustahkamlaş, suv tanqisligining ta’sirini kamaytiriş va qişloq aholisi uçun yangi daromad manbalarini şakllantirişga xizmat qiladi.

Qaşqadaryodagi vazifalar investitsiya jalb qiliş bilan birga sanoat, qişloq xöjaligi, energetika, infratuzilma va tadbirkorlikni rivojlantirişni ham qamrab oladi. Asosiy maqsad — loyihalarni öz vaqtida amalga oşiriş, barqaror iş örinlari yaratiş va aholi daromadlarini oşiriş. Buning uçun işlar ijrosini nazorat qiliş, tadbirkorlar muammolarini tezkor hal etiş va investitsiyalar samaradorligini ta’minlaş muhimdir.

 

Aktam XAITOV,

Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi

O‘zLiDeP fraksiyasi rahbari

Saytni yangi dizayni yoqdimi?