Qaşqadaryoda “Işbilarmon ayol — 2026” tanlovi ğoliblari taqdirlandi
O‘zLiDePning “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida Qaşqadaryo viloyatida “Işbilarmon ayol — 2026” körik-tanlovining hududiy-respublika bosqiçi ötkazildi.
Unda vohaning 16 ta tuman va şahridan kelgan tadbirkor, hunarmand va fermer ayollar öz faoliyati, erişgan yutuqlari va istiqbolli loyihalarini taqdim etdilar. Tanlov yakuniga köra, Qarşi şahrida faoliyat yuritayotgan Dilfuza Rahmonova birinçi örinni egalladi. Qarşi tumanidagi “Elona El Faşion” MÇJ rahbari Lobar Rözimurodova ikkinçi, muboraklik tadbirkor Mehriniso Yaşuzakova esa uçinçi öringa sazovor böldi.
Tanlovda milliy hunarmandçilik va qişloq xöjaligi sohasida samarali faoliyat olib borayotgan ayollarning tajribasi ham alohida e’tirof etildi. Uning milliy naqşlar asosida tayyorlangan gilamlari Eron, Afğoniston va Rossiya bozorlariga yetkazib berilmoqda, Turkiyalik tadbirkorlar buyurtmalari ham bajarilmoqda. Şuningdek, Nişon tumanida asalariçilik bilan şuğullanayotgan Mahbuba Abdiyevaning asalni sifatli qadoqlaş syexini taşkil etiş va mahsulotni xorijga eksport qiliş borasidagi taşabbuslari e’tiborga loyiq deb topildi.
Tanlov iştirokçilari “Işbilarmon ayol — 2026” körik-tanlovi xotin-qizlarning tadbirkorlik salohiyatini namoyon etiş, ilğor tajribalarini ommalaştiriş va ularning taşabbuslarini qöllab-quvvatlaşda muhim ahamiyat kasb etişini ta’kidlaşdi.