Asosiy kontentga o‘tish
Chorshanba 25-noyabr 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qiliş

Yangiliklar

Qoraqalpoğistonda aholi muammolari va tadbirkorlik imkoniyatlari örganilmoqda

15.09.2026 900
Qoraqalpoğistonda aholi muammolari va tadbirkorlik imkoniyatlari örganilmoqda

Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi O‘zLiDeP fraksiyasi deputatlari va partiya Siyosiy Kengaşi Ijroiya qömitasi vakillaridan taşkil topgan işçi guruh Qoraqalpoğiston Respublikasida islohotlar ijrosi, aholi muammolari, tadbirkorlik va qişloq xöjaligida amalga oşirilayotgan işlar holatini örganmoqda.
Partiyaning “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasidagi örganişlarda kambağallikni qisqartiriş, aholi bandligini ta’minlaş, ijtimoiy muammolarni hal etiş, qişloq xöjaligi samaradorligini oşiriş va hududlarda qulay agrobiznes muhitini şakllantiriş masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Dastlabki manzillardan biri Nukus tumanidagi “Diykan arna” mahallasi böldi. Mahallada 34 ta tadbirkorlik sub’yekti faoliyat yuritayotgani, 59 gektar tomorqaning 58 gektariga ekin ekilgani qayd etildi.
Örganişlar davomida ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi bilan işlaş holati ham diqqat markazida böldi. Xususan, “Ayollar daftari”dagi 107 nafar xotin-qiz, 49 nafar yolğiz keksa va 86 nafar nogironligi bölgan şaxslarni qöllab-quvvatlaş, ularning bandligini ta’minlaş va daromad manbalarini kengaytiriş masalalari körib çiqildi. Deputatlar asalariçilik bilan şuğullanuvçi tadbirkor Baxtiyor Jumaboyevning faoliyati bilan tanişib, uning asalari uyalarini tayyorlaş ustaxonasi, asalni qadoqlaş jarayoni va işlab çiqariş imkoniyatlarini örgandilar. Tadbirkor bir yilda 100 taga yaqin asalari uyasini tayyorlab, öz tajribasini yoşlarga örgatayotgani e’tiborga loyiq.
O‘zLiDeP deputatlari uçun bunday örganişlar, avvalo, joylardagi islohotlarning amaliy natijasini köriş va aholini qiynayotgan masalalarga yeçim topiş nuqtai nazaridan muhimdir. Aniqlangan muammolar yuzasidan mas’ul taşkilotlar bilan amaliy çora-tadbirlar belgilanib, ularning ijrosi nazoratga olinadi. Zero, “Xalq bilan birga” tamoyilining asosiy mazmuni — mahallaga boriş, odamlarning muammosini eşitiş va ular uçun aniq natija yaratişdir.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?