Şahrixonda aholi bilan oçiq muloqotlar ötkazilib, murojaatlar yeçimi ta’minlanmoqda
Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati Odinaxon Otaxonova Andijon viloyatining Şahrixon tumanidagi qator mahallalar va ijtimoiy-iqtisodiy ob’yektlarda bölib, aholi bilan oçiq muloqotlar ötkazdi.
Uçraşuvlarda Prezidentimiz raisligida ötkazilayotgan videoselektor yiğilişlarida belgilangan vazifalarning mazmun-mohiyati, şuningdek, qabul qilinayotgan yangi qonunlar va ularning aholi hayotidagi ahamiyati tuşuntirildi. “Oq tunlik” mahallasidagi muloqotlarda hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanişi, mahallada amalga oşirilayotgan işlar hamda fuqarolarni qiynayotgan masalalar muhokama qilindi.
Şuningdek, mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligiga bağişlangan tantanali marosimda ilgari surilgan 7 ta milliy dasturning mazmun-mohiyati tuşuntirilib, ularning hududdagi ijrosi örganildi. Deputat “Oq tunlik” mahallasidagi “Devataği” köçasida yaşovçi Maşrabxon Möydinov xonadonida bölib, uning yaşaş şaroiti bilan tanişdi. Örganişlar davomida fuqaroni uy-joy bilan ta’minlaş masalasi körib çiqilib, murojaat ijobiy hal etildi.
Odinaxon Otaxonova, şuningdek, “Taşabbusli byudjet” loyihasi doirasida yöl ta’miri uçun mablağ ajratilgan köçalardagi işlar holatini örgandi. Jumladan, “Devataği” köçasida amalga oşirilayotgan asfaltlaş işlarining sifati közdan keçirildi. Şu bilan birga, köçadagi elektr ta’minoti, elektr simlari va beton ustunlar bilan ta’minlanganlik holati örganilib, aniqlangan masalalarni bartaraf etiş hamda elektr ta’minotini yaxşilaş böyiça tegişli çora-tadbirlar belgilandi.