Sport musobaqalarining Samarqand viloyat bosqiçi yuqori saviyada ötkazildi
Tadbirkorlar va işbilarmonlar harakati — Özbekiston Liberal-demokratik partiyasi taşkil etilganining 23 yilligi munosabati bilan boşlanğiç partiya taşkilotlari faollari örtasida O‘zLiDeP kubogi sport musobaqalari taşkil etildi.
Musobaqaning Samarqand viloyati bosqiçi Samarqand şahridagi Sportning öyin turlari va yengil atletika böyiça ixtisoslaştirilgan sport maktabida kötarinki ruhda ötdi. Viloyatdagi 16 ta tuman va şahar bosqiçlarida 200 nafardan ortiq faol iştirok etib, öz mahorat va jismoniy tayyorgarligini namoyiş etdi.
Tuman va şahar bosqiçlarida A, V va S ligalari böyiça birinçi örinni egallagan iştirokçilar viloyat bosqiçida ğoliblik uçun bahs olib bordi. 48 nafar iştirokçi qatnaşgan musobaqa yakuniga köra, “A” ligada Aziz Boşmonov, “V” ligada Azim Rahmonov, “S” ligada esa Xurşida Rabobova birinçi örinni qölga kiritdi.
O‘zLiDeP kubogi nafaqat partiya faollarining jismoniy faolligini oşiriş, balki boşlanğiç partiya taşkilotlari örtasida hamjihatlik, döstlik va soğlom raqobat muhitini mustahkamlaşga ham xizmat qildi. Bunday musobaqalar soğlom turmuş tarzini tarğib etiş, yoşlarning sportga qiziqişini oşiriş hamda faol va taşabbuskor partiya a’zolarini qöllab-quvvatlaşda muhim ahamiyat kasb etadi.