Asosiy kontentga o‘tish
Chorshanba 25-noyabr 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qiliş

Yangiliklar

Sirdaryolik kreativ tadbirkor yoşlar taqdirlandi

09.10.2026 1010
Sirdaryolik kreativ tadbirkor yoşlar taqdirlandi

Sirdaryo viloyatida yoşlarning kasbiy mahorati, ijodiy salohiyati va innovasion ğoyalarini qöllab-quvvatlaş, ularni tadbirkorlikka keng jalb etiş maqsadida “Kreativ tadbirkor yoşlar” forumi ötkazildi.
“Xalq bilan birga” dasturi doirasidagi forumda yoşlarning zamonaviy kasblarni egallaşi, amaliy könikmalarini rivojlantirişi, innovasion yondaşuv va tadbirkorlik qobiliyatini şakllantirişi muhimligi ta’kidlandi. Forum davomida iştirokçilar özlari egallagan kasb-hunar böyiça mahoratlarini namoyiş etib, ijodiy işlari, innovasion ğoyalari va amaliy loyihalarini taqdim etdilar. Şuningdek, yoşlarni qöllab-quvvatlaş, ularning bandligini ta’minlaş, kasbiy salohiyatini oşiriş va tadbirkorlik taşabbuslarini rivojlantiriş masalalari yuzasidan fikr almaşildi. Bunday tadbirlar yoşlarning taşabbuskorligi, yaratuvçanligi va zamonaviy kasbiy könikmalarini rivojlantirişga xizmat qilmoqda.
Forum yakuniga köra, innovasion ğoyalari va işlanmalari bilan ajralib turgan kasbiy mahorat texnikumi yoşlari 1-örinni, “Abu Ali ibn Sino” nomidagi jamoat salomatligi texnikumi yoşlari 2-örinni, Şirin energetika texnikumi yoşlari esa 3-örinni egalladi. Ğoliblar va faol iştirokçilar taşkilotçilar tomonidan diplom hamda qimmatbaho sovğalar bilan taqdirlandi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?