“Soyot”lik şaxmatçilar ğoliblikni qölga kiritişdi
O‘zLiDePning “Xalq bilan birga” dasturi doirasida partiya taşkil etilganining 23 yilligi munosabati bilan quyi böğinlar örtasida “O‘zLiDeP kubogi” sport musobaqalari ötkazilmoqda.
Bu esa Xorazm viloyatidagi 1 292 ta boşlanğiç partiya taşkilotining sport tadbirlarida faol iştirok etişi uçun imkoniyat yaratmoqda. Bellaşuvlar partiya a’zolari örtasida soğlom raqobat muhitini şakllantiriş va jamoaviylikni mustahkamlaşga qaratilgan.
Yakuniy natijalarga köra, “Soyot” mahallasidagi boşlanğiç partiya taşkiloti jamoasi birinçi örinni egalladi. “Şomoxulum” mahallasiga qaraşli boşlanğiç partiya taşkiloti ikkinçi, “Istiqlol” mahallasiga qaraşli BPT jamoasi esa uçinçi örinni qölga kiritdi.
Musobaqalar yakunida ğoliblar va faol iştirokçilar partiya tomonidan esdalik sovğalari bilan taqdirlandi.