“Işbilarmon ayol – 2026”: tadbirkorlik salohiyati, taşabbus va muvaffaqiyat e’tirofi
Xotin-qizlarning ijtimoiy-iqtisodiy islohotlardagi faol iştirokini ta’minlaş, ularning tadbirkorlik salohiyatini röyobga çiqariş va taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş O‘zLiDePning ustuvor vazifalaridan biridir.
Ana şu maqsadda partiyaning “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengaşi taşabbusi bilan “Işbilarmon ayol – 2026” körik-tanlovining hududiy-respublika bosqiçi taşkil etildi.
Ta’kidlaş kerak, joriy yilda viloyatning 16 ta tuman va şahridagi 1058 ta mahallada ötkazilgan saralaşlarda 16 nafar eng faol tadbirkor ayol hududiy-respublika bosqiçida qatnaşiş huquqiga ega bölgan edi. 4 noyabr kuni Samarqand şahridagi “Ipak yöli” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida ötkazilgan tadbirda partiya vakillari, deputatlar, tadbirkor ayollar hamda mehmonlar iştirok etdi.
Tanlovda qatnaşgan xotin-qizlar öz tadbirkorlik faoliyati, işlab çiqarayotgan mahsulotlari, amalga oşirayotgan loyihalari va istiqboldagi rejalarini namoyiş etdilar. Yakuniy natijalarga köra, Samarqand şahridan “Hamida Inoyatova art faşion” direktori, zardözlik san’ati ustasi va etno-avangard yönalişi asosçisi Hamida Jöraqulova birinçi örinni egalladi.
Qayd etiş kerak, “Işbilarmon ayol – 2026” körik-tanlovi xotin-qizlarning tadbirkorlik salohiyatini namoyon etiş, muvaffaqiyatli biznes tajribalarini ommalaştiriş va yangi taşabbuslarni rağbatlantiriş uçun muhim maydon bölmoqda. Zero, bugungi tadbirkor ayol nafaqat oilasi farovonligini ta’minlamoqda, balki yangi iş örinlari yaratib, boşqa xotin-qizlarni ham mehnat va tadbirkorlikka jalb etmoqda. Tanlov orqali ular örtasida tajriba almaşiş, hamkorlik aloqalarini mustahkamlaş va ayollar tadbirkorligini yanada rivojlantiriş uçun yangi imkoniyatlar yaratilmoqda.