Taraqqiyot va xavfsizlik yölida birdamlik va işonç
Prezidentimiz Turkmanistondagi “Avaza”» milliy sayyohlik zonasida bölib ötgan Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining sakkizinçi Maslahat uçraşuvidagi nutqida sönggi yillarda Markaziy Osiyoda katta özgarişlar röy bergani, xususan Markaziy Osiyo davlatlari örtasida döstlik, yaxşi qöşniçilik va hamkorlik aloqalari örnatilib, özaro işonç mustahkamlanganini alohida ta’kidladi.
Mamlakatimiz rahbari öz nutqida kelgusida hamkorlikda amalga oşirilişi lozim bölgan ustuvor vazifalarga ham alohida töxtaldi. Xususan, Markaziy Osiyo va qöşni mintaqalar örtasidagi hamkorlikni yangi bosqiçga olib çiqiş, uning istiqbolli yönalişlarini belgilab oliş muhim vazifalardan biri ekanini urğulandi.
Davlatimiz rahbari uşbu masalani kelgusi yili Toşkentda ötkazadigan «Tinçlik va barqaror özaro boğliqlik yölidagi mintaqalararo muloqot: Markaziy Osiyo yondaşuvi» deb nomlangan xalqaro konferensiyada batafsil muhokama qilişni taklif etdi. Bu esa Markaziy Osiyo va qöşni mintaqalar örtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantiriş, tinçlik va barqarorlikni mustahkamlaş, savdo-iqtisodiy va transport-logistika aloqalarini kengaytirişga xizmat qiladi.
Ikkinçi ustuvor yönaliş mintaqaviy muloqotning institutsional asoslarini mustahkamlaşga qaratildi. Bu borada Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uçraşuvlari faoliyatini tartibga soladigan normativ-huquqiy bazani takomillaştiriş böyiça işlarni davom ettiriş taklif etilgani mintaqaviy hamkorlikning huquqiy asoslarini mustahkamlaş, davlatlar örtasidagi kelişuvlarning izçil amalga oşirilişini ta’minlaşga turtki beradi.
Uçinçi yönaliş sifatida Iqtisodiy hamkorlikni yangi darajaga kötariş ilgari surildi. Bunda Savdo-iqtisodiy hamkorlik böyiça 2035-yilgaça möljallangan keng qamrovli mintaqaviy dastur muhim örin tutişi, bu boradagi işlarni rivojlantiriş uçun 2027-yilda Xiva şahrida Markaziy Osiyo va Ozarbayjon biznes forumini ötkaziş taklif etildi. Bu esa mintaqada savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytiriş, tadbirkorlar örtasida töğridan töğri hamkorlikni yölga qöyiş, investitsiyalarni jalb etiş hamda qöşma loyihalarni amalga oşiriş uçun yangi imkoniyatlar yaratadi.
Törtinçi yönaliş mamlakatlarimizni zamonaviy transport va logistika tarmoği bilan boğlaş masalasiga qaratildi. Davlatimiz rahbari ta’kidlaganlaridek, mintaqamiz global savdoning quruqlikdagi eng muhim yönalişlaridan biriga va ayni paytda iqtisodiy faollikning yirik markaziga aylanişi mumkin. Ammo buning uçun faqat yöl va temir yöllar qurişning özi yetarli emas. Transport infratuzilmasini rivojlantiriş böyiça umumiy mantiq zarur. Yönalişlar bir-birini davom ettirişi va yagona tizim sifatida işlaşi uçun yirik loyihalarni özaro muvofiqlaştiriş zarur.
Davlatimiz rahbari mintaqamiz kelajagi uçun eng muhim masalalardan biri – bu inson resurslari ekanini alohida ta’kidladi. Çunki Markaziy Osiy davlatlari katta demografik salohiyatga ega. Aholi soni ortib borayotgani, uning tarkibida yoşlar uluşining köpayayotgani mintaqa iqtisodiyoti ön, yigirma, öttiz yildan keyin qanday bölişi köp jihatdan aynan ularning ta’limi va kasbiy tayyorgarligi sifatiga boğliq böladi. Şu bois, ta’lim va yoşlarni qöllab-quvvatlaş hamkorlikda amalga oşiriş yönalişlarida alohida örin egallaydi. Buning uçun talab yuqori bölgan kasblar va kompetensiyalarning mintaqaviy atlasini işlab çiqiş taklif etildi. Bu taşabbus yoşlarni kelajakda talab yuqori böladigan kasblarga yönaltiriş va ularning bandligini ta’minlaşga kömaklaşadi.
Umuman olganda, Maslahat uçraşuvida ilgari surilgan taşabbuslarning amalga oşirilişi Markaziy Osiyoda tinçlik va barqarorlikni mustahkamlaş, iqtisodiy taraqqiyotni jadallaştiriş hamda aholi farovonligini oşirişga xizmat qiladi.
Zafar XUDOYBERDIYEV,
Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati