Asosiy kontentga o‘tish
Chorshanba 25-noyabr 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qiliş

Yangiliklar

“Tillo Domor” Osiyo va Yevropa bozorlariga pişloq mahsulotlarini yetkazib bermoqda

27.10.2026 1133
“Tillo Domor” Osiyo va Yevropa bozorlariga pişloq mahsulotlarini yetkazib bermoqda

O‘zLiDeP Urganç tuman Kengaşi taşabbusi bilan “Yangi Özbekiston — raqobatbardoş mahsulotlar yurti” loyihasi doirasida Urganç tumanidagi “Tillo Domor” xususiy korxonasida uçraşuv taşkil etildi. “Xalq bilan birga” dasturi doirasida ötkazilgan tadbirda mahalliy işlab çiqaruvçilarni qöllab-quvvatlaş, sifatli va raqobatbardoş mahsulotlar işlab çiqarişni kengaytiriş hamda milliy mahsulotlarning içki va taşqi bozorlardagi örnini mustahkamlaş masalalariga e’tibor qaratildi.

2000 yilda öz faoliyatini boşlagan mazkur korxona sut va sut mahsulotlari işlab çiqarişga ixtisoslaşgan bölib, bugungi kunda 112 nafar işçi-xizmatçini doimiy iş bilan ta’minlagan . Korxonada sut va sut mahsulotlarining 60 dan ortiq turi işlab çiqarilmoqda. Mahsulotlar sifati va xavfsizligini ta’minlaş maqsadida Yevropadan keltirilgan zamonaviy texnologiya va uskunalardan foydalanilmoqda. Şuningdek, “Tillo Domor” brendi ostidagi pişloq mahsulotlarini Qozoğiston, Turkiya va Ozarbayjon bozorlariga eksport qilmoqda.

Uçraşuv davomida işlab çiqariş jarayonlari, korxonaning mavjud imkoniyatlari va eksport salohiyati muhokama qilindi. Tadbirkorlik sub’yektlarining muammolarini örganiş, mahsulotlar bozorini kengaytiriş, işlab çiqariş hajmini oşiriş va yangi iş örinlari yaratiş böyiça fikr almaşildi. Şuningdek, korxonadagi 15 nafar a’zoni birlaştirgan O‘zLiDeP boşlanğiç partiya taşkiloti faoliyatiga e’tibor qaratilib, eksport va marketing yönalişlarida amaliy kömakni kuçaytiriş yuzasidan takliflar bildirildi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?