Töqsonbosti ekinlari aholi daromadini oşirişga xizmat qiladi
O‘zLiDeP Siyosiy Kengaşi Ijroiya qömitasi raisi Aktam Xaitov Xorazm viloyati Urganç tumanidagi Ğaybu qişloğida partiya elektorati bölgan fermerlar va tomorqa yer egalari bilan uçraşdi. Muloqotda yerdan samarali foydalaniş, töqsonbosti ekinlarini kengaytiriş va aholi daromadlarini oşiriş masalalari muhokama qilindi.
Uçraşuv doirasida töqsonbosti ekinlarini yetiştiriş böyiça amaliy seminar ham taşkil etildi. Unda ekinlarni töğri joylaştiriş, hudud şaroitiga mos navlarni tanlaş, suvdan tejamkor foydalaniş va agrotexnik tadbirlarni sifatli taşkil etiş böyiça tajriba almaşildi.
Xorazm viloyatida 2027 yil hosili uçun 31,9 ming gektar maydonda töqsonbosti ekinlarini joylaştiriş rejalaştirilgan. Bu orqali 312 ming tonna piyoz va 69 ming tonna sarimsoq yetiştiriş, hosilning qariyb 298 ming tonnasini içki bozorga yetkazib beriş közda tutilmoqda.
Aktam Xaitov fermer va dehqonlarning amaliy tajribalari bilan tanişib, ularni qiynayotgan masalalarni ham örgandi. Jumladan, 1,8 gektar yer maydonining 30 sotixida töqsonbosti ekinlarini yetiştirib, yiliga qariyb 200 million söm daromad olayotgan dehqonning tajribasi e’tiborga molik ekani qayd etildi. Uçraşuv yakunida töqsonbosti ekinlarini kengaytiriş, yerdan unumli foydalaniş va dehqonlar daromadini oşiriş böyiça amaliy vazifalar belgilab olindi.