Trikotaj eksportçisi - “Işbilarmon ayol” tanlovining tuman bosqiçida ğolib böldi
Xorazm viloyati Urganç tumanida O‘zLiDeP taşabbusi bilan “Işbilarmon ayol–2026” körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazilib, unda mahallalardan 24 nafar faol va taşabbuskor tadbirkor ayol iştirok etdi. Iştirokçilar öz biznes loyihalari va mahsulotlarini taqdim etib, tadbirkorlik sohasidagi tajribasi va yangi ğoyalarini namoyiş qildi. Yakunlarga köra, “Xadiça universal optom” oilaviy korxonasi rahbari Dilnura Atabayeva 1-örinni egalladi.
2012 yildan buyon tadbirkorlik bilan şuğullanib kelayotgan Dilnura Atabayeva rahbarlik qilayotgan korxonada trikotaj mahsulotlari işlab çiqarilib, 24 nafar xotin-qiz doimiy iş bilan ta’minlangan. Korxona mahsulotlari Turkiya va Qozoğistonga eksport qilingan. Tadbirkor yaqinda 200 million söm mablağ evaziga Xitoyda işlab çiqarilgan zamonaviy uskunalarni xarid qilib, maxsus kiyimlarga sifatli logotiplar tuşiriş imkoniyatini yölga qöydi.
Tanlovda 2-örinni gul bosilgan gazlama va çokli matolar yaratiş yönalişida faoliyat yuritayotgan yakka tartibdagi tadbirkor Fotima Egamova, “Zamonaviy bunyodkor ayol” nominatsiyasida esa “Alina tikuvçilik” MÇJ rahbari Öğiljon Şerova egalladi.
Tanlovda iştirokçilar tomonidan taqdim etilgan biznes loyihalari va mahsulotlar hakamlar hay’ati tomonidan munosib baholandi.
Mazkur taşabbus xotin-qizlarni tadbirkorlikka keng jalb etiş, ularning bilim va könikmalarini rivojlantiriş, mahallalarda bandlikni ta’minlaş hamda yangi iş örinlari yaratişga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.