50 nafarga yaqin fuqaro ssuda va imtiyozli kreditlardan foydalandi
O‘zLiDePning “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida Xöjayli tumanida aholi va yoşlarning muammolarini örganiş, ularga amaliy yordam körsatiş maqsadida sayyor qabul ötkazildi.
Unda 300 nafardan ortiq fuqaro iştirok etib, bandlik, tadbirkorlik, ijtimoiy himoya, kommunal xizmatlar va mahallalar infratuzilmasiga oid masalalar yuzasidan murojaat qilişdi.
Murojaatlarni körib çiqiş jarayonida fuqarolarning bandligini ta’minlaş va mustaqil daromad manbaini yaratişiga alohida e’tibor qaratildi. Mehnat yarmarkasi orqali 10 nafarga yaqin fuqaro doimiy işga joylaştirildi, iş izlovçilarga böş iş örinlari böyiça yöllanmalar berildi. Özini özi band qiliş istagida bölgan 8 nafar fuqaroga payvandlaş uskunalari olib berildi.
Şuningdek, 50 nafarga yaqin fuqaroga ssuda va imtiyozli kreditlar asosida motokultivator, tikuv maşinasi, maişiy texnika va turli tadbirkorlik faoliyati uçun zarur uskunalar ajratildi. “Yoşlar daftari” jamğarmasi tomonidan esa 10 nafar yigit-qizga issiqxona taşkil etiş, payvandlaş, gözallik saloni va sartaroşxona faoliyatini yölga qöyiş uçun vauçerlar berildi.