Yagona Vatan, yagona xalq — yagona maqsad sari
“Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida O‘zLiDeP Sayxunobod tuman Kengaşi hamda Yoşlar işlari agentligi tuman bölimi hamkorligida mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligiga bağişlangan “Yagona Vatan, yagona xalq bölib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” şiori ostida madaniy-ma’rifiy şou dasturi taşkil etildi.
– Bu kabi tadbirlar insonlarda vatanga muhabbat va iftixor tuyğusini yanada kuçaytiradi, – dedi tadbir iştirokçisi Nargiza Turdibekova. – Zero, mustaqillik — tinç va erkin hayot, farzandlar kelajagiga işonç timsoli.
Şu ma’noda, “Xalq bilan birga” dasturi doirasida taşkil etilayotgan madaniy-ma’rifiy tadbirlar aholini ezgu maqsadlar atrofida birlaştiriş, keksalarga mehr-e’tibor körsatiş, yoşlarni kitobxonlikka jalb etiş va jamiyatda hamjihatlik muhitini yanada mustahkamlaşga xizmat qilmoqda. Yagona Vatan va yagona xalq bölib, umumiy maqsad sari harakat qiliş esa yangi hayot va farovon kelajakning muhim poydevoridir.
Tadbir yakunida “1 kunda 1000 kitob” aksiyasi doirasida tadbir iştirokçilariga turli mavzulardagi kitoblar tarqatildi.