Yangi bino, yangi imkoniyatlar, yangi a’zolar
Toşkent viloyatida tadbirkorlar va işbilarmonlar bilan hamkorlikni yanada kuçaytiriş, partiya faoliyatini zamonaviy talablar asosida taşkil etiş yölida muhim qadam taşlandi. Nurafşon şahrida Özbekiston Liberal-demokratik partiyasi Toşkent viloyati Kengaşining yangi, zamonaviy binosi foydalanişga topşirildi.
Bugun partiyaning viloyatdagi 22 ta tuman va şahrining barçasida Kengaşlari faoliyat yuritmoqda. 1218 ta boşlanğiç partiya taşkilotida 190 mingdan ziyod a’zo birlaşgan. Ayniqsa, yirik sanoat korxonalarida partiya safining kengligi e’tiborga molik. Xususan, “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJda 25 mingdan ziyod, “Özmetkombinat” AJda 9 mingdan ortiq, “Maksam Çirçiq” AJda esa 3 mingdan ziyod partiya a’zosi mehnat qilmoqda.
Tadbir doirasida Örta Çirçiq tumanidagi 13 yildan buyon faoliyat yuritayotgan “JANNATMAKON MEBEL” korxonasiga taşrif buyurilib, işlab çiqariş jarayonlari va yoşlarni kasbga tayyorlaşga qaratilgan dual ta’lim tizimi bilan tanişildi. Korxona jamoasi bilan muloqotda partiyaning maqsad va vazifalari haqida fikr almaşildi. Natijada korxona rahbari va 30 nafardan ziyod işçi-xodim partiya a’zoligiga qabul qilinib, korxonada boşlanğiç partiya taşkiloti tuzildi.
Yangi, zamonaviy bino partiyaning Toşkent viloyatidagi faoliyatini yanada samarali taşkil etiş, tadbirkorlar va işbilarmonlar bilan hamkorlikni kuçaytiriş uçun yangi imkoniyatlar yaratadi. Şu bilan birga, mehnat jamoalarida partiya saflarining kengayib borayotgani va yangi boşlanğiç partiya taşkiloti tuzilgani ham bu işlarning amaliy natijasidir.