Namanganda “Işbilarmon ayol – 2026” körik-tanlovining hududiy respublika bosqiçi ğoliblari aniqlandi
O‘zLiDeP tomonidan “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida taşkil etilgan “Işbilarmon ayol – 2026” körik-tanlovining Namangan viloyati hududiy Respublika bosqiçi yakunlandi.
Ön ikki yildan buyon an’anaviy tarzda ötkazib kelinayotgan tanlov bu yil ham yuqori saviyada taşkil etildi. Viloyatdagi 754 ta mahallada faoliyat yuritayotgan 1 563 nafar tadbirkor ayolning iş faoliyati örganilib, avgust–sentyabr oylarida ötkazilgan tuman va şahar bosqiçlarida 237 nafar iştirokçi qatnaşdi. Saralaş natijalariga köra, eng munosib 14 nafar tadbirkor ayol hududiy bosqiçga yöllanma oldi. Davlatobod tumanidagi viloyat Madaniyat markazida ötkazilgan tadbirda partiya va davlat idoralari vakillari, deputatlar, tadbirkorlar hamda partiya faollari iştirok etdi.
Tanlovda iştirokçilar öz biznes loyihalari, işlab çiqarayotgan mahsulotlari, xizmatlari va erişgan yutuqlarini namoyiş etdilar. Yakuniy natijalarga köra, birinçi örin ta’lim sohasida bir qator maktabgaça ta’lim taşkilotlari va xususiy maktab faoliyatini boşqarayotgan, “ZIS SÇOOL” asosçisi Şahnoza Ğaniyevaga nasib etdi. Ikkinçi örin “Mehrli Nurlar” kunduzgi parvariş markazi rahbari, “Hamroh” — “WEPS” dasturi doirasida 5 ming AQŞ dollari grantini qölga kiritgan Iroda Anvarbekovaga berildi. Uçinçi örin esa “NazanFaşion Academy” asosçisi, modelyer-dizayner Nazan Erman Tunjayga topşirildi. U bugunga qadar 100 nafardan ortiq xotin-qizga öz hunarini örgatgan.
“Işbilarmon ayol – 2026” körik-tanlovi xotin-qizlarning tadbirkorlik salohiyatini namoyon etiş, yangi biznes taşabbuslarini rağbatlantiriş, tajriba almaşiş va muvaffaqiyatli tadbirkorlik namunalarini ommalaştiriş uçun muhim maydon böldi. Şuningdek, tanlov ayollarning iqtisodiy faolligini oşiriş, ularning bandligini ta’minlaş va jamiyatdagi örnini mustahkamlaşga xizmat qilmoqda.