Döstlikda sayyor qabul: 9 nafar fuqaroga 16,5 million sömlik yordam körsatildi
O‘zLiDePning “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida Jizzax viloyatining Döstlik tumanida Mobil ştabning navbatdagi sayyor qabuli taşkil etildi. Oçiq va samimiy muloqot ruhida ötgan qabulda fuqarolarning murojaatlari bevosita joyida örganilib, 14 ta murojaatning 10 tasi şu yerning özida ijobiy hal etildi. Qolgan murojaatlar böyiça ham mas’ullarga aniq vazifalar belgilab berildi. Bu esa aholi muammolarini ortiqça ovoragarçiliksiz, joyida örganiş va amaliy yeçim topişga qaratilgan yondaşuvning muhim natijasidir.
Sayyor qabul doirasida ijtimoiy himoyaga muhtoj 9 nafar fuqaroga jami 16,5 mln sömlik moddiy va ma’naviy yordam körsatildi. Şuningdek, partiya faollari va tadbirkorlar taşabbusi bilan 3 nafar işsiz fuqaroning bandligi ta’minlandi. Jumladan, A. Navoiy mahallasida yaşovçi Ilhom Karimovning murojaati ijobiy hal qilinib, u “Adxam xaydarov” korxonasiga doimiy işga joylaştirildi. Bunday amaliy yordamlar sayyor qabullarning aholi hayotiga bevosita ta’sir körsatayotganining isbotidir.
Partiyaning “Xalq bilan birga” dasturi doirasidagi sayyor qabullarda aholi bilan yelkama-yelka turib işlaşga alohida e’tibor qaratilmoqda. Zero, insonni qiynayotgan muammolarni eşitişning özi yetarli emas — uni hal etiş, fuqaroga kömak beriş va natijani ta’minlaş muhim. O‘zLiDePning bunday sayyor qabullari orqali aholi murojaatlariga joyida yeçim topiş, ijtimoiy kömakka muhtoj fuqarolarni qöllab-quvvatlaş va işsizlarni bandlikka yönaltiriş işlari izçil davom ettirilmoqda.