Asosiy kontentga o‘tish
Shanba 10-oktyabr 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Kasbi tumanidagi maktab kutubxonasiga 250 ta badiiy asar sovg‘a qilindi

09.10.2026
87

“Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida “Bir kunda — 100 kitob” aksiyasi Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanidagi 16-sonli “Jasorat” maktabida ham o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida maktab kutubxonasi faoliyati bilan tanishilib, o‘quvchilar bilan kitobning inson hayotidagi o‘rni, bilim olish va mutolaa madaniyati haqida samimiy suhbat o‘tkazildi. O‘quvchilar o‘zlari yod olgan she’rlarini ifodali o‘qib, tadbirda faol ishtirok etdilar. Shuningdek, faol o‘quvchilarga badiiy va ertak kitoblari sovg‘a qilindi. Muloqot jarayonida kitob mutolaasi yoshlarning dunyoqarashini kengaytirish, ma’naviy kamolotini yuksaltirish va mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega ekani ta’kidlandi.
Tadbir yakunida maktab kutubxonasiga 250 dona sara badiiy asar sovg‘a qilindi. Ushbu kitoblar o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning bilimlarini boyitish va kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?