Asosiy kontentga o‘tish
Shanba 10-oktyabr 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

“Suyenli” mahallasida yo‘l muammosiga amaliy yechim topildi

09.10.2026
87

Xo‘jayli tumanidagi “Suyenli” mahallasi ahlini uzoq vaqtdan buyon qiynab kelayotgan yo‘l muammosi O‘zLiDePning “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasidagi sayyor qabulda amaliy yechim topdi.
Mahalladagi ikki hududni tutashtiruvchi 2,5 kilometrlik markaziy yo‘lning ta’mirtalab holga kelib qolishi, ayniqsa, yog‘in-sochin kunlarda aholining harakatlanishida qator qiyinchiliklarni yuzaga keltirar edi.
Murojaat asosida Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zLiDeP deputati Guljan Xalmuratova tashabbusi bilan mas’ul tashkilotlar va deputatlardan iborat ishchi guruh tuzilib, muammo joyiga chiqqan holda o‘rganildi. O‘rganishlar natijasida yo‘lni ta’mirlash va aholi uchun qulay harakat sharoitini yaratish bo‘yicha amaliy choralar belgilandi.
Deputat tashabbusi bilan mahallaning ichki yo‘llarini ta’mirlash va asfaltlash bo‘yicha loyiha “Tashabbusli byudjet” jarayoni doirasida g‘olib deb topildi. Bugungi kunda 2,5 kilometrlik yo‘l to‘liq ta’mirlanib, qora asfalt qoplamasi bilan qoplandi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?