Asosiy kontentga o‘tish
Payshanba 05-noyabr 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Koreya bilan hamkorlik: yangi imkoniyatlar va amaliy natijalar

05.11.2026
138

O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi Aktam Xaitov boshchiligidagi delegatsiya Seulda O‘zbekistonning Koreya Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Alisher Abdusalomov bilan uchrashdi. Tomonlar ikki davlat rahbarlari erishgan kelishuvlarni amalga oshirishda partiya va elchixonaning ishtiroki, shuningdek, partiyalararo aloqalarni kengaytirish masalalarini muhokama qildilar.

Muloqotda kichik va o‘rta biznes vakillarini qo‘shma loyihalarga jalb etish, hududlardagi ishlab chiqaruvchilarning Koreya bozoriga chiqishiga ko‘maklashishga alohida e’tibor qaratildi. Shu munosabat bilan "Korea Desk" va O‘zbekiston – Koreya biznes kengashi orqali ikki mamlakat tadbirkorlari o‘rtasida bevosita aloqalarni yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Uchrashuvda qayd etilganidek, O‘zbekistonga jalb qilingan Koreya investisiyalari hajmi 8 milliard dollardan oshgan. Mamlakatimizda Koreya kapitali ishtirokidagi 730 ta korxona faoliyat yuritmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2026 yil sentyabrda Koreya Respublikasiga davlat tashrifi chog‘ida 13 ta hujjat imzolangan, qariyb 12 milliard dollarlik istiqbolli loyihalar shakllantirilgan. Koreya Eksimbanki bilan 8 milliard dollarlik strategik hamkorlik dasturi qabul qilingan.

Muloqotda birinchi "Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi" sammitida qabul qilingan Seul deklaratsiyasining ahamiyati ham qayd etildi. 2027 yilda ikki davlat o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganiga 35 yil to‘ladi. Shu munosabat bilan 2027-yilni "Madaniyat va o‘zaro almashinuvlar yili" deb e’lon qilish bo‘yicha kelishuvga erishilgan.

Uchrashuv yakunida O‘zLiDeP va elchixona o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash oliy darajada erishilgan kelishuvlarni hududlarda amalga oshirishga xizmat qilishi ta’kidlandi. Bunda mahalliy tadbirkorlarga Koreyada hamkor topish, qo‘shma loyihalarda qatnashish va o‘z mahsulotlarini ushbu mamlakat bozoriga olib chiqishda ko‘maklashishga ustuvor ahamiyat qaratildi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?