Asosiy kontentga o‘tish
Payshanba 05-noyabr 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Yangi O‘zbekiston siyosati – xalqaro hamjamiyat e’tiborida

05.11.2026
125

Seul shahrida bo‘lib o‘tayotgan ICAPPning 13-Bosh Assambleyasida 36 mamlakatdan 83 ta siyosiy partiya vakillari ishtirok etmoqda. Ushbu anjumanda O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining qarashlarini xalqaro siyosiy hamjamiyat bilan baham ko‘rish delegatsiyamiz uchun muhim tajriba bo‘lmoqda.

Partiya Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi Aktam Xaitov o‘z nutqida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, inson qadrini ulug‘lash, tadbirkorlik va yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, sun’iy intellekt hamda ekologik muammolarga doir O‘zbekiston yondashuvlarini bayon etdi.

Nutqda Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot yo‘li, amalga oshirilayotgan o‘zgarishlarning asosiy maqsadi va ustuvor yo‘nalishlari xalqaro hamjamiyat e’tiboriga havola etildi.

Bunday muloqotlar nafaqat siyosiy partiyalar o‘rtasidagi hamkorlikni, balki xalqlar o‘rtasidagi o‘zaro ishonch va do‘stlikni ham mustahkamlashga xizmat qiladi.

Ishonch – tinchlik va taraqqiyotning mustahkam poydevori.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?