Asosiy kontentga o‘tish
Payshanba 22-oktyabr 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Ona tili — millatimiz ruhi, ma’naviyatimiz ko‘zgusi

21.10.2026
100

21 oktyabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan O‘zLiDeP Jizzax shahar Kengashi tashabbusi bilan Jizzax davlat pedagogika universitetida adabiy-badiiy tadbir tashkil etildi. Unda professor-o‘qituvchilar, partiya faollari va talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirda ona tilimizning boy tarixi, milliy o‘zligimiz va ma’naviyatimizdagi o‘rni haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, yoshlar o‘rtasida adabiy til qoidalariga rioya qilish, ijtimoiy tarmoqlarda savodli yozish va tilimizning sofligini asrash muhimligi ta’kidlandi.

Tadbirning badiiy qismida talabalar tomonidan ona tili, Vatan va milliy qadriyatlarni tarannum etuvchi she’rlar hamda kuy-qo‘shiqlar ijro etildi.

Zero, ona tilimizni asrab-avaylash, uning nufuzini yuksaltirish va kelajak avlodga yetkazish har birimizning burchimizdir.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?