Asosiy kontentga o‘tish
Payshanba 22-oktyabr 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Ona tiliga ehtirom — millatga ehtirom!

21.10.2026
191

21 oktyabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi tomonidan Vatan universiteti hamda Toshkent transport texnikumida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi. Unda partiya vakillari, unversitet va texnikum rahbariyati, o‘qituvchilar va yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirlarda ona tilimiz milliy o‘zligimiz, ma’naviyatimiz va madaniyatimizning muhim timsoli ekani ta’kidlanib, yoshlar o‘rtasida ona tiliga hurmatni kuchaytirish, uning sofligini saqlash va adabiy til me’yorlariga rioya qilish muhimligi qayd etildi.

Bayram davomida o‘quvchilar tomonidan o‘zbek tilini ulug‘lovchi she’rlar, maqollar va kuy-qo‘shiqlar ijro etildi. Bunday tadbirlar yoshlarni milliy qadriyatlarimizga hurmat va vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?