Asosiy kontentga o‘tish
Yakshanba 19-aprel 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

O'zLiDeP deputati ko‘p qavatli uylarning birinchi qavatlarini o‘zboshimchalik bilan tijoratga aylantirishdan xavotir bildirdi

18.04.2026
108

O'zLiDeP fraksiyasi a’zosi Dilmurod Artiqov Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi va Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligiga deputat so‘rovi yubordi.

So‘rovda fuqarolar ko‘p qavatli uylarda noqonuniy rekonstruksiya va qayta qurish ishlarini olib borayotgani munosabati bilan amaldagi qonunchilik talablari buzilayotgani qayd etilgan. Xususan, Sirdaryo viloyati Guliston shahrida yuzaga kelgan holatda bino konstruksiyasining asosiy ko‘taruvchi ustuni ruxsatsiz olib tashlangani oqibatida butun uy qulash xavfi ostida qolib, fuqarolar evakuatsiya qilingani qayd etilgan.

Ta’kidlanishicha, bunday holatlar respublikaning boshqa hududlarida ham uchramoqda. 2025 yil davomida o‘tkazilgan xatlov natijalariga ko‘ra, 3 418 ta obektlarda qurilish ishlari inspeksiya ro‘yxatidan o‘tmasdan olib borilgani aniqlangan. Ayniqsa, ko‘p qavatli uylarning birinchi qavatlarini tijorat maqsadida o‘zboshimchalik bilan o‘zgartirish holatlari tizimli tus olayotgani fuqarolarning xavfsizligiga tahdid solmoqda.

Deputat so‘rovida ushbu holatlar yuzasidan tekshiruvlar, aybdorlarga nisbatan ko‘rilayotgan choralar, nazorat tizimini kuchaytirish, noqonuniy qurilishlarni bartaraf etish hamda jabrlangan fuqarolarning huquqlarini tiklash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan asoslantirilgan ma’lumot taqdim etish so‘ralgan.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?