Asosiy kontentga o‘tish
Chorshanba 07-oktyabr 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

O‘zLiDeP deputatlari Oqqo‘rg‘onda ta’lim sifati va mavjud muammolarni muhokama qildilar

06.10.2026
91

O‘zLiDeP Toshkent viloyati Kengashi tashabbusi bilan Oqqo‘rg‘on tumanida maktabgacha va maktab ta’limi tizimida amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar hamda ustuvor vazifalar ijrosi yuzasidan jamoatchilik eshituvi o‘tkazildi. Unda ta’lim sohasida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.

Eshituvda Oqqo‘rg‘on tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i Rohatali Tojiboyevning hisoboti tinglandi.
Ta’lim sifati va samaradorligini oshirish, pedagoglar salohiyatini yuksaltirish, maktablarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, o‘quvchilar davomatini ta’minlash va iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarga e’tibor qaratildi.

Muloqot yakunida sohadagi mavjud muammolarni bartaraf etish, ota-onalar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ta’lim muassasalaridagi sharoitlarni yaxshilash va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish bo‘yicha aniq taklif va tavsiyalar bildirildi. Mas’ullarga belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?