Asosiy kontentga o‘tish
Chorshanba 14-oktyabr 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

O‘zLiDeP “Yangi Toshkent — o‘zimizniki” shiori ostida targ‘ibot tadbirlarini tashkil etadi

13.10.2026
177

Bugun O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasida Yangi Toshkentni zamonaviy biznes va innovatsiyalar markaziga aylantirish jarayonida tadbirkorlar va investorlarni qo‘llab-quvvatlash, partiyaning ushbu yo‘nalishdagi ishtirokini kuchaytirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Yangi Toshkentda amalga oshirilayotgan yirik loyihalar, tadbirkorlik uchun yaratilayotgan imkoniyatlar hamda investisiyaviy muhitni yanada yaxshilashda partiyaning vazifalari muhokama qilindi.

Ta’kidlanganidek, Yangi Toshkent nafaqat zamonaviy infratuzilmaga ega shahar, balki tadbirkorlik, innovatsiyalar, ta’lim, tibbiyot va xizmat ko‘rsatish sohalari rivojlangan yangi iqtisodiy markaz bo‘lishi kerak. Shu bois O‘zLiDeP tomonidan tashkil etilayotgan loyihalar doirasida tadbirkorlar va investorlar bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, ularning taklif va tashabbuslarini o‘rganish, mavjud muammolarga amaliy yechim topishga alohida e’tibor qaratiladi.

Yig‘ilishda ushbu vazifalarni tizimli tashkil etish maqsadida partiya deputatlari, faollari va hududiy kengashlar vakillaridan iborat ishchi guruhlar tuzish, shtab faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha aniq rejalar ishlab chiqildi. Shuningdek, investorlar bilan manzilli ishlash, tadbirkorlar ishtirokida ochiq muloqotlar tashkil etish va ularning murojaatlarini o‘rganish, muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal qilishga qaratilgan ish-rejasi belgilab olindi.

Bundan tashqari, tadbirkorlar va investorlar bilan muloqotni yanada kengaytirish uchun O‘zLiDePning raqamli platformasini yaratish, aholi va biznes vakillarining faolligini oshirish maqsadida “Yangi Toshkent — o‘zimizniki” shiori ostida chellenjlar va targ‘ibot tadbirlarini tashkil etish rejalashtirildi. Mazkur tashabbuslar orqali partiya Yangi Toshkentni bunyod etish jarayonida tadbirkorlik sub’yektlarining ishtirokini kengaytirish, xususiy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash va hududning investisiyaviy salohiyatini ro‘yobga chiqarishga hissa qo‘shishni maqsad qilgan.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?