Asosiy kontentga o‘tish
Payshanba 24-sentyabr 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

O'zLiDeP sayyor qabulida 50 ga yaqin muammo joyida hal etildi

23.09.2026
199

"Xalq bilan birga" umummilliy dasturi doirasida Bektemir tumanida o‘tkazilgan sayyor qabulda 200 dan ziyod fuqaroning murojaati eshitildi, 50 ga yaqin masalaga yechim topildi.

Eng muhimi, murojaatlar qog‘ozda qolib ketmadi. 5 nafar yosh ish bilan ta’minlandi, 5 nafar fuqaroga dori-darmon olib berildi, 6 nafar yolg‘iz keksa va boquvchisini yo‘qotgan fuqaro otaliqqa olindi. Kommunal sohadagi muammolar ham joyida hal etildi.

Mahalladagi eng og‘riqli masalalardan biri ham o‘z yechimini topdi. Nurafshon mahallasidagi Somonbozor, 3-tor ko‘chasining yillar davomida ta’mirtalab holda turgan yo‘li asfalt qilindi.

"Xalq bilan birga" dasturining asosiy maqsadi ham muammoni eshitish emas, uning yechimigacha borish.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?