Urganchdagi mahorat darsi orqali 5 nafar ayol ishli bo‘ldi
"Xalq bilan birga" dasturi doirasida Urganch shahrida xotin-qizlar uchun mahorat darsi tashkil etildi. 30 nafardan ortiq ayol-qiz "Bahmal group" korxonasida ip-kalava mahsulotlarini tayyorlash jarayonini o‘rganib, yangi kasbiy ko‘nikmalarga ega bo‘ldi.
Eng muhimi, mahorat darsi yakunida 5 nafar xotin-qiz doimiy ish bilan ta’minlandi. Bu kabi tashabbuslar xotin-qizlarni kasbga o‘rgatish bilan birga, ularning o‘z daromadiga ega bo‘lishi uchun ham imkoniyat yaratmoqda.